Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Minerallarning boshqa fizik xususiyatlari


Download 178.62 Kb.
bet9/9
Sana27.10.2023
Hajmi178.62 Kb.
#1726060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Minerallarning fizik xossalari Reja-fayllar.org

10. Minerallarning boshqa fizik xususiyatlari
Minerallarning boshqa xususiyatlaridan (issiqlik o’tkazuvchanligi, elektr o’tkazuvchanligi, piroelektrik va p’ezoelektrik xususiyatlari, detektorlik xususiyati, qizdirganda va erituvchilarda eruvchanligi va h.k.) ko’proq diagnostik ahamiyatga ega bo’lgani, ya’ni minerallarni aniqlash uchun yoki aniqlashning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tekshirib ko’rish uchun yordam beradigan xususiyatlaridan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Ayrim minerallarni urganda yoki sindirganda o’zidan hid chiqarish xususiyati ularni aniqlashda eng muhim diagnostik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan, sof tug’ma margimush, arsenopirit (FeAsS) va boshqa metallarning arsenidlarini qattiq urganda, ayniqsa olovda qizdirganda o’tkirroq seziladigan o’ziga xos sarimsoq «margimush hidi» chiqaradi. Neft konlarida ko’p uchraydigan vodorod sulfidning o’ziga xos hidi bor. Shuning uchun vodorod sulfidli konlarni shu hidi bilan topish ancha yengillashadi.
Ayrim minerallarni aniqlashda ularning mazasi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan: Osh tuzi va shunga o’xshash ayrim tuzlarni mazasiga qarab osonlikcha ajratishimiz mumkin.
Ayrim minerallarni qidirishda tovush chiqarish xususiyati muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, serussit (PbCO3) massalari yerga tushayotganda, yerga tushgan shishadek tovush chiqaradi. Xuddi shunga o’xshash har xil pishiqlikdagi tog’ jinslari va rudalar ularni qazish vaqtida tog’ uskunalari bilan urganda bir-biridan farq qiladigan turli tovushlar chiqaradi, bunga tog’ ishlarida amaliy tajribaga ega bo’lgandan so’ng o’rganib olish mumkin.
http://fayllar.org
Download 178.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling