Mavzu: Minerallarning o’rganish usullari. Reja
Elektron mikroskopda tekshirish
Download 33.48 Kb.
|
Minerallarning o\'rganish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental tahlil
- Piroksenoidlar gruppasi Vollastonit - Ca[SiO
- Rodonit – Mn[SiO
Elektron mikroskopda tekshirish. Ma’lumki, mikroskopningko‘rish chegarasi (katta-kichikligiga ko‘ra juda mayda zarrachalarniko‘rib ajratish mumkin bo‘lgan qobiliyati) ko‘p jihatdan tekshiralayotganjism ustiga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligigabog‘liq(yorug‘lik to‘lqin uzunligi qanchalik kichik bo‘lsa, mikroskopda
shunchalik mayda zarrachalarni ko‘rish mumkin). Mavjud optic mikroskoplarning ko‘rish qobiliyati unchalik katta emas.Jinslarni tekshirish uchun «replika usuli» (mayin kolloid yokikvars-polistirolli va boshqa plyonkalar hosil qilish yo‘li bilan o‘shajins yuzasi rasmini tushirib olish usuli) ham mavjud bo‘lib, bu usulkristallar yonlari sathining, shuningdek, minerallardagi reaktiv ta’siretmagan jilolangan yuzalarning nozik xossalarini ko‘rsatadi.30 Eksperimental tahlil laboratoriya sharoitlarida tabiiy jinslar,shuningdek, minerallar tarkibiga mos keladigan sun’iy birikmalarniolishda juda muhim ahamiyatga ega. Shu yo‘l bilan, ayrim hollardatarkibi va shakliga ko‘ra tabiiy minerallarga juda o‘xshab ketadiganbirikmalarni olish va o‘sha minerallarning kristallashishi hamda paydobo‘lishini aniqlash mumkin bo‘ladi.Keyingi yillarda laboratoriya usulida tabiatda kam uchraydiganbezak va qimmatbaho minerallarni olish jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Piroksenoidlar gruppasi Vollastonit - Ca[SiO3] Angliyalik ximik V.Vollaston (1766-1828) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi – taxta shpati. Ximiyaviy tarkibi: Ca – 34,5%; Si – 24,2%; O – 41,3%. Ba’zan FeO, Na2O, MgO va Al2O3 bo’lishi mumkin. Singoniyasi triklin, simmetriya ko’rinishi pinakoidal – S. Fazoviy gruppasi: a0=7,90; v0=7,28; s0=7,04; α=90°00´; β=95°16´; γ=103°25´; a0:v0:s0=1,085:1:0,967. Agregatlari radial nursimon, nayzasimon va varaqsimon bo’ladi. Kristallari juda kam uchraydi va ular tabletkasimon qiyofaga ega. Vollastonit kristallarida ko’pincha pinakoidlar ishtirok etadi. Vollastonitni qo’shaloq kristallari ham ma’lum. Vollastonitni rangi oq, yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ko’pincha shaffof. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 4,5-5. Solishtirma og’irligi 2,78-2,91. Optik xususiyatlari: ikki o’qli, manfiy. Ng=1,631-1,635; Nm=1,623-1,633; Np=1,616-1,621; Ng-Np=0,014-0,013. Vollastonitni aniqlashda diagnostik belgi bo’lib, rangi, radial-nursimon agregati, hamda kristallarini tabletkasimon qiyofasi xizmat qiladi. HCl da Yerib kremnezyom ajralib chiqadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 10,0; 4,4; 1,54. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan Yeriydi. Vollastonit 1200°S dan past temperaturada barqaror. Vollastonitni 1200°S ga qizdirganda u ikkinchi polimorf modifikasiyasi, psevdovollastonitga aylanadi. Psevdovollastonit 1200°S dan Yerish temperaturasigacha (1540°S) barqaror. Vollastonit – tipik metamorfik mineral. Ko’pincha u ohaktoshlarni intruziv jinslar bilan kontaktida, yirik uyumlar hosil qilgan holda yoki kalsiyli-magnezial silikatlar bilan skarnlar tarkibiga kirgan holda uchraydi. Vollastonit ohaktoshlar bilan intruziv jinslar kontaktida quyidagi reaksiya asosida hosil bo’ladi: CaCO3+SiO2 Ca[SiO3]+CO2 Past temperaturada kalsit va kvars barqaror bo’lib, yuqori temperaturada vollastonit barqaror. Hosil bo’lish davomida SO2 ajralib chiqadi. Vollastonit bilan bir assosiasiyada kalsit, diopsid, andradit, epidot, vezuvian, sfen uchraydi. Vollastonit konlari Meksikada (Santa-Fe koni), Uralda (Turinsk), Ukrainada ma’lum. Vollastonit O’zbekistonda ko’p uchraydigan minerallar qatoriga kiradi. Bu mineral CHotqol-Qurama tog’larida (37-rasm) va G’arbiy O’zbekistonda juda ko’p uchraydi. Toza vollastonitdan iborat tog’ jinslari oq rangli juda pishiq va birmuncha uzun tolali «tog’ juni» tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Rodonit – Mn[SiO3] Nomi grekcha “rodon” pushti so’zidan kelib chiqqan. Sinonimi: orles – rus tilida. Ximiyaviy tarkibi Mn – 41,95%; Si – 21,39%; O – 36,66%. Aralashma sifatida ko’pincha CaO va FeO, ba’zan ishqorlar va Al2O3 bo’lishi mumkin. Singoniyasi triklin, simmetriya ko’rinishi pinakoidal. Fazoviy panjarasi a0= 7,79; b0= 12,47; c0 = 6,75; a0: b0: c0: = 0,625: 1: 0,541 = 85°10; = 94°04; = 111°29; Juda oz miqdorda uchraydigan kristallari tabletkasimon, izometrik, goxo prizmatik shakllarda bo’ladi. Agregatlari yaxlit, zich yoki donador massa xolida topiladi. Rodonitning rangi pushti. yaltirashi shishasimon. YUzalari sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi (110) bo’yicha mukammal. Qattiqligi 5 – 5,5. Solishtirma og’irligi 3,4 – 3,75. Optik hususiyatlari: ikki o’qli, manfiy. Ng=1,730; Nm= 1,726; Np=1,721; Ng – Np = 0,009. Rodonitning quyidagi xillari ma’lum 1.Temirli rodonit, tarkibida ancha miqdorda temir bo’ladi (temir strukturadagi marganes o’rnini egallaydi). 2.FovlYerit – tarkibida rux bo’lgan rodonit. 3.Bustamit – tarkibida kalsiy bo’lgan rodonit, bu xilini rodonitdan vollastonitga o’tuvchi mineral deb hisoblasa bo’ladi. Rodonit uchun xarakterli belgi bo’lib, uni pushti rangi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,968; 2,938; 2,755. HCl da sekin-asta Yerib, kukunsimon SiO2 hosil qiladi. Dahandam oksidlantiruvchi alangasida u qo’ng’ir tusga kiradi, keyin qorayadi (marganesni oksidlanishidan). Qaytaruvchi alangada Yerib, qizil yoki qo’ng’ir shisha hosil qiladi. Rodonit metamorfik jarayonlarda yuzaga kelib, kristallangan slaneslarda va boshqa metamorfik jinslarda, ba’zan kvarsit va yashmalar bilan bog’liq xolda uchraydi. Nurash jarayonida juda osonlik bilan oksidlanib, gardlar, po’stloqlar, tomirchalar shaklida bo’lgan qora rangli vYernaditga (MnO2 H2O) aylanadi. Rodonitning konlari Uralda (SvYerdlovsk atrofida), Ukrainada (Karpat), SHvesiyada (PaysbYerg), Ispaniyada (Guelva) ma’lum. Rodonitning yirik konlari O’zbekistonda Qurama tog’larining Oltintopkan ruda maydonida uchraydi. Oz miqdorda Qo’rg’oshinkonda, CHotqol tog’larida va G’arbiy O’zbekistonda uchraydi. Faqat rodonitning o’zidan tashkil topgan yaxlit massalaridan bezaktosh sifatida foydalanish mumkin. Rodonitning nurash mahsulotlaridan esa marganes rudasi sifatida foydalanish mumkin. Download 33.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling