Mavzu: Mineralogiya haqida umumiy tushuncha Reja


Minerallar va mineralogiyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Download 167.23 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi167.23 Kb.
#1493898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mineralogiya haqida umumiy tushuncha

Minerallar va mineralogiyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Mineralogiya mamlakatimizda sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan mineral xomashyoni ko’paytirishga xizmat qiladi. Hozirgi paytda xalq xo’jaligining biron-bir sohasi yo’qki, unda mineral ishlatilmagan bo’lsin. Zamonaviy sanoatimiz Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli hamma kimyoviy elementlardan foydalanadi, bu elementlarning hammasi minerallardan olinadi. Metallurgiya sanoatining rivojlanishi, tarkibida metall bo’lgan minerallar bilan, qishloq xo’jaligining rivojlanishi esa, o’g’it olinadigan minerallar bilan bog’liq. Mineral xomashyoning ishlatilishi ko’p jihatdan zamonaviy ximiya sanoatiga bog’liq.
Mineralogiya qidirish va razvedka qilish ishlarida juda katta ahamiyatga ega, chunki minerallarning sanoat uchun ahamiyatini aniqlashda va zarur bo’lgan mineral konlarning hosil bo’lish jarayonlarini aniqlashda yordam qiladi.
Bundan tashqari mineralogiya sanoat uchun zarur bo’lgan minerallarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlab beradi. Mineralogik bilimlar asosida kimyoviy elementlar va minerallarning tabiiy assosiasiyalari aniqlanadi, buning natijasida qidirish va razvedka qilish hamda, rudadan kompleks foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi.
Ayrim minerallar tarkibida aralashma sifatida juda muhim qimmatbaho ahamiyatga ega bo’lgan kimyoviy elementlar bo’ladi va bu elementlarni faqat asosiy element bilan birgalikda ajratib olish mumkin. Masalan, sfaleritda (ZnS) aralashma sifatida Cd, In, Ga elementlari bo’ladi va bu elementlarni rux bilan birgalikda ajratib olinadi. Sfalerit Cd, In, Ga elementlari olinadigan asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shunday holni gafniyga nisbatan sirkonda (ZrSiO4) kuzatishimiz mumkin, chunki gafniy aralashma sifatida faqat sirkondan olinadi.
Minerallarning birgalikda uchrashini aniqlash, qidirish ishlarida, hamda kompleks o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Masalan: andaluzit (Al2[SiO4]O) korund (Al2O3) bilan birgalikda olinadi. Galenit (PbS) bilan sfalerit (ZnS) ko’pincha birgalikda uchraydi.
Qidirish ishlarida ikkilamchi minerallarni o’rganish muhim ahamiyatga ega, ya’ni yerning yuza qismida uchraydigan minerallarni o’rganish natijasida, yerning ichki qismida uchraydigan asosiy birlamchi minerallar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.
Minerallar tarkibini har tomonlama o’rganish konlarni kompleks o’zlashtirish uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari mineral xomashyoni boyitishning rasional metodlarini aniqlashda va qayta ishlashning texnologik jarayonlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, rudalarni boyitish uchun, minerallarning o’lchamlari va o’simtalar xarakterini, hamda eng muhim bo’lgan fizik xususiyatlarini (solishtirma og’irlik, magnitlik xususiyati, elektr o’tkazuvchanlik va boshqalar) o’rganish zarur.
Bu xususiyatlarni bilish minerallarni bir-biridan ajratishga yordam qiladi. Mineralogiya faqat sanoat va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan minerallarni o’rganadi deb fikr yuritish xato bo’ladi.
Bunday fikr yuritganda foydali minerallar umumiy minerallardan ajratilib, ularning muhim xususiyatlari va hosil bo’lish jarayonlarini to’g’ri tushuntirish imkoni bo’lmasdi. Bundan tashqari, ko’pgina keraksiz bo’lgan minerallar vaqt o’tishi bilan foydali xususiyati aniqlanib, kerakli minerallar qatoriga kirmoqda. Hozirgi paytda sanoatda foydalanilmaydigan minerallarni o’rganish, qidirish ishlarida va foydali minerallarning xususiyatlarini aniqlashda muhim rol o’ynaydi.
Foydali qizlma konlarini qidirish va razvedka qilishda faqat foydali minerallarni o’rganish, o’ylangan maqsadlarga va to’g’ri natijalarga olib kelmaydi.



Download 167.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling