Mavzu: Mineralogiya haqida umumiy tushuncha Reja


Download 167.23 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi167.23 Kb.
#1493898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mineralogiya haqida umumiy tushuncha

1-rasm. Materiklar va okean ostidagi yer qobig’i strukturasi. Vertikal va egilgan chiziqlar yer qobig’idagi darzlik va uzilmalar.

Litosfera yoki Yer qobig’i Yerning tashqi toshli qavatidan iborat. Uning ustki qismi tekis bo’lmay, balandlik amplitudasi ba’zan 19-20 km gacha yetadi. Litosferaning katta qismi (maydonining 70,8%) okean va dengiz suvlari bilan qoplangan.Uni kuzatish faqat materik qismida mumkin bo’lib, u ham bo’lsa kichik chuqurliklar uchun bajarilgan. Eng chuqur burg’ulangan quduqlarning chuqurligi 12 km gacha yetadi. Tog’li rayonlarda, tog’ hosil bo’lish jarayonlari natijasida, yerning ichki qismida, qachondir 14-16 km chuqurlikda bo’lgan tog’ jinslari yerning ustki qismiga chiqib qolgan va ularni kuzatish mumkin.


Litosfera granitli va bazaltli qavatlarga ajratiladi.
Granitli qavat – yer qobig’ining ustki qismida joylashgan bo’lib, zichligi 2,5 dan kichik bo’lgan kichik qalinlikdagi cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Granitli qavatning zichligi 2,6–2,7g/sm3 bo’lib, tarkibi jixatidan granitga to’g’ri keladi. Bu qavatning qalinligi juda o’zgaruvchan bo’lib, okeanlarning chuqur joylarida juda kam bo’lib, yirik tog’ cho’qqilarining ostida (Pamir, Alp) 50-70 km gacha yetadi. Granitli qavatining o’rtacha qalinligi 16-20 km deb hisoblanadi.
Bazaltli qavat - granitli qavatning ostki qismida joylashgan. Ularning tarkibi asos tog’ jinslariga yaqin bo’lib, granitli qavatga nisbatan SiO2 kam bo’ladi. Zichligi 2,8-2,9. Bu qavatda asosan gabbro, diabaz, bazalt uchraydi. Bazaltli qavatning qalinligi turlicha bo’lib, okeanlar ostida juda kichik miqdordan, platforma joylarda 30 km gacha yetadi. Tog’li rayonlarda bazaltli qavatning qalinligi 10-15 km atrofida bo’ladi. O’rtacha bazaltli qavat 20-60 km chuqurlikda joylashgan.
Granitli va bazaltli qavatlar tarkibida kremniy (Silicium) va alyuminiy (Aluminium) ko’pligi sababli birlashtirilgan xolda geosferada sialik qavat deb yuritiladi. Sialik qavat ustki qismidagi yupqa cho’kindi jins qavati bilan birgalikda litosferani tashkil qiladi. Bu qavat Er sharini to’liq egallamaydi, ayrim okeanlarda (masalan, Tinch okeanida) u butunlay yo’q yoki juda kam qalinlikka ega (10-15km). Sialik qavatning maksimal qalinligi (tog’li rayonlarda) 50-70 km, o’rtacha (materiklarda) 30-40 km.
Simatik qavat bazaltli qavatning ostida joylashgan. Bu qavatda bazaltli qavatga nisbatan asosli jinslar ko’proq bo’lib, kremniy oksidi miqdori kamayib, magniy va temir miqdori ko’p bo’ladi. Bu qavatning zichligi yuqori qismida 3,2-3,4 bo’lib, ostki qismida 4-4,5 ga etadi. Tog’ jinslarida kremniy (Silicium) va magniyning (Magnesium) ko’pligi sababli simatik qavat degan nom olgan. Simatik qavat asosan peridotit, piroksenit, eklogit va dunitlardan tuzilgan. Shuning uchun bu qavatni eklogit qavat deb ham atashadi. Simatik qavatni yuqori zichlikka ega bo’lganligi uchun barisfera deb ham atashadi. Simatik qavatda qo’proq uchraydigan minerallar deb, fayalit – Fe2SiO4, forsterit – Mg2SiO4, enstatit – MgSiO3, olivin – (Mg,Fe)2SiO4 hisoblanadi. Bu qavat Yer sharini uzluksiz to’liq egallaydigan birinchi qavatdir, Shuning uchun bu qavatni mantiya yoki aniqrog’i tashqi mantiya deyiladi.
Eklogit qavat 1200 km chuqurlikkacha davom etadi. Sialik va eklogit qavatlar orasidagi chegara aniq kuzatiladi. Ajrash chegarasini birinchi bo’lib Yugoslaviyalik olim Moxorovichich aniqlagani uchun uning nomi bilan ataladi.

Download 167.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling