Mavzu: Mirzakalon Ismoiliyning “Insoniylik qissasi” tahlili. Topshirdi: Qabul qildi: Reja


Mirzakalon Ismoiliyning (1908−1986) “Farg‘ona tong otguncha” tarixiy romani


Download 75.36 Kb.
bet2/7
Sana15.10.2023
Hajmi75.36 Kb.
#1704135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Mirzakalon Ismoiliyning (1908−1986) “Farg‘ona tong otguncha” tarixiy romani XX asr birinchi yarmida bosqinchi chor Rossiyasi hukmronligi ostidagi Turkiston o‘lkasining qonga botirilgan tarixi — qamchisidan qon tomgan katta-kichik amaldorlar, nafsi buzuq boylarning zulmi, fitna va aldovlari ortidan qashshoqlikka mahkum, ilmu-ma'rifatdan yiroq, haq-huquqlari va erkidan mahrum, qora mehnatdan boshi chiqmagan, shunga qaramay, mudom yorug‘ kunlar ilinjida yashab o‘tgan taqdirlarga bag‘ishlanadi. Muallif mustamlaka yillarida yashab, mustabid hukumat ta’qibiga uchragan, zulmni o‘z tanasidan o‘tkazgan kishi sifatida o‘sha davrlardagi xalq dardini qalban his etgan va buni kitobxon ko‘ngliga mahorat bilan ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Asar dastlabki sahifalardanoq o‘quvchini o‘z qatlariga singdirib yuboradi-yu, o‘quvchi qahramonlar taqdiriga ular bilan yelkama-yelka turib guvoh bo‘ladi.
Bugun o‘sha qora kunlarni yashab o‘tgan ajdodlar hamda muallif xotirasiga chuqur hurmat bilan, ana shu roman xususida gaplashishni lozim topdik.

Moziyga qaytib…


Asar mohiyati va g‘oyalarini teranroq anglash uchun asar voqealari bo‘lib o‘tgan davr tarixini bir qur esga olish maqsadga muvofiq.
XIX asr birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi to‘xtovsiz urush va ziddiyatlar ularning yangi mustamlakalar uchun tinimsiz kurash olib borayotgan yirik mustamlakachi davlatlar ko‘z o‘ngida tayyor o‘ljaga aylanishlariga zamin yaratdi. Xonliklar bilan faol savdo aloqalariga ega bo‘lgan Angliyaning O‘rta Osiyoni egallashi yoki o‘ziga qarshi qo‘yishidan xavfsiragan Rossiya imperiyasi qulay fursat tug‘ilishi bilan otni qamchilab qolishni ma’qul deb topdi. O‘rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga faol qarshilik ko‘rsatganligiga qaramay, hukmron doiralar o‘rtasidagi boshboshdoqlik, yakdillikning yo‘qligi oxir-oqibat xonliklarni mustamlakaga aylantirdi. 1967-yilda Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatib, to‘la harbiylashgan Turkiston general-gubernatorligini tashkil etdi, general-gubernator hamda hokimlarga mislsiz vakolatlar berdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya yengil sanoati uchun xomashyo bazasi, Yevropa bozorlari bilan raqobatlasha olmaydigan mahalliy ishlab chiqaruvchilari uchun potensial yangi bozor vazifasini o‘tadi, qolaversa, qashshoq rus dehqonlarini hosildor yerlar bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynadi. O‘lkaning barcha tabiiy boyliklari Rossiya imperiyasi iqtisodiyotiga yo‘naltirildi.
Xususan, yer davlat ixtiyoriga o‘tkazilib, xususiy yer maydonlari ijara huquqi asosida foydalanish evaziga yirik miqdordagi soliqqa tortildi. Soliqni to‘lashga qurbi yetmay, qarzga botgan kambag‘al dehqonlar uchun yerlarini davlatga yoki mahalliy boylarga arzongarov pullab, yirik mulkdorlar qo‘lida arzimagan haq evaziga ishlashdan boshqa chora qoldirilmadi. Eng hosildor yerlar yangi ko‘chirib keltirilgan qashshoq rus dehqonlari va kazaklarga olib berildi. Rossiyadan kirib kelgan sanoat tovarlari mahalliy hunarmandlar mahsulotlarini bozordan siqib chiqara boshladi. Natijada tirikchilik manbayidan ayrilgan xalq tobora qashshoqlashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida mahalliy aholining 70 foizini kambag‘allar, 17 foizini o‘rta hol kishilar, 13 foizini o‘ziga to‘q boylar tashkil etgan.
XIX asr oxirlariga kelib yo‘qchilik, hokim-to‘ralarning zolimligi, mahalliy boylar va amaldorlarning o‘g‘ri va noinsofligi xalqning sabr kosasini to‘ldirdi — o‘lkaning turli hududlarida qurolli qo‘zg‘olonlar avj oldi. Mustabid hukumat esa qo‘zg‘olonlarni shafqatsizlarcha bostirib, o‘lkani qonga botirdi. Ayni paytda mahalliy ziyolilar o‘lkani mustabid zulmidan xalos etish, xalqni yorug‘likka olib chiqishning birdan-bir yo‘li ma’rifat ekanligiga iymon keltirishdi va shu maqsadda o‘z saflarini kengaytirish, kuchlarini birlashtirish tadorigini ko‘ra boshlashdi.

Download 75.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling