Mavzu: Mirzakalon Ismoiliyning “Insoniylik qissasi” tahlili. Topshirdi: Qabul qildi: Reja
Ma’rifatsiz jamiyat — zulmatga mahkum
Download 75.36 Kb.
|
9 mavzu
Ma’rifatsiz jamiyat — zulmatga mahkumRomanning birinchi kitobi — “Qa'r guldurosi”da mustabid hukumat, shu bilan birga, ko‘zini davlat va mansabning shirasi bosgan aksariyat mahalliy boy va amaldorlar tomonidan o‘lkada ma’rifatga qarshi ochilgan urush alangasiga guvoh bo‘lamiz. “Qora xalq"ni jaholatda, jismonan qullikda, ma’nan qashshoqlikda, madaniy jihatdan qoloqlikda tutib turishdan manfaatdor bo‘lgan uch toifani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda ularning har qaysisi xalq orasida muayyan ta’sir kuchi va vakolatlarga ega ekanligi bilan harakterlanadi. Birinchi toifa — mustabid hukumati amaldorlari. Ular xalqning savodi chiqib, haq-huquqlari toptalayotgani, tabiiy boyliklari tortib olinayotgani va tashib ketilayotgani, ularning bir burda non ilinjida qora terga botib qilgan mehnati evaziga imperiyadagi katta-kichik amaldorlar va yer egalari, savdo-sanoat vakillari boyigandan-boyib borayotganligini tushunib yetishi mumkinligi sabab, ularni muttasil yo‘qsillikda, jaholatda saqlashdan manfaatdor edilar. Zotan qashshoqlikda kun kechiruvchi kishining tiriklik g‘amidan ortib, ilm talabida bo‘lishi real voqelikda nisbatan mantiqsiz hodisa. Qolaversa, o‘lka aholisi qanchalik ma’naviy va madaniy jihatdan orqada bo‘lsa, bu imperiyaning ular ko‘z o‘ngidagi nufuzini shunchalik oshirar, uni yuksak taraqqiyot namunasi qilib ko‘rsatar edi. Hukumat tomonidan rus va mahalliy aholi bolalari qo‘shib o‘qitiladigan rus-tuzem maktablari tashkil etilganligi — bu hukumatning marhamati emas, balki mahalliy aholini ruslashtirish siyosatining bir qismi, aholi orasida rus madaniyatini singdirish yo‘lidagi tadbir edi. Bundan tashqari, qishloq va qashshoq oilalar farzandlari bunday maktablardan ham benasib edilar. Ikkinchi toifa — ayrim o‘ziga to‘q boylar. Boylar, yirik yer va ishlab chiqarish egalarining manfaatlari hukumat manfaatlari bilan nisbatan uyg‘un edi. Ular o‘z faoliyatlarida savodli, hisob ilmidan xabardor bo‘lgan kishilar yoki boshqa turdagi texnik xodimlarga ehtiyoj sezsalar-da, ularning yerli aholi emas, boshqa millat vakillari, xususan, ruslar bo‘lishini afzal ko‘rganlar. Sababi — mahalliy boylar milliy boylikni qanday talon-toroj qilayotganlari yoki bu borada bosqinchilarga qanday ko‘maklashayotganlari, kambag‘allar nonini qanday tuya qilayotganlaridan vatandoshlarining (baxtga qarshi) xabardor bo‘lib qolishiyu, ularga qarshi bosh ko‘tarishi, boyliklarini talab, qo‘rg‘onlariga o‘t qo‘yishini, tabiiyki, istamas edilar. Bundan tashqari, ilm o‘rgangan, haq-huquqini taniganlar ularning qo‘lida arzimas haq evaziga mehnat qilayotgan mehnatkashlarni “yo‘ldan urib qo‘yishi” ehtimoli ham yo‘q emasdi. Uchinchi toifa — ko‘pchilik din peshvolari, jumladan, qozilar, imomlar, musulmon bolalariga diniy ilmlardan saboq beruvchi mudarrislar va mullalar. Ular o‘lkada ma’rifatning taraqqiy topishiga ikki asosga ko‘ra jiddiy qarshilik ko‘rsatishgan. Birlamchi asos — ular dunyoviy ilmni g‘ayridinlar ilmi, shu nuqtai nazardan musulmonlar uchun bu ilmlarni o‘rganish nojoiz, deb hisoblaganlar. Taassufki, bu o‘rinda g‘oyatda mantiqli bo‘lgan bir mulohaza bor: yer yuzida insonlar xilma-xil etnik guruhlar, turli dinlarga mansub bo‘lishlariga qaramay, bir xil biologik va boshqa turdagi ehtiyojlarga ega bo‘lib, ularning hayot tarzi qisman bir-biriga o‘xshashi shubhasiz. Shunday ekan, ular bir xil ilmlarga ehtiyoj sezishlari ham tabiiy. Ular aynan shu mulohazani e’tibordan chetda qoldiradilar. Qolaversa, ular kundalik turmushlari, o‘z ta’birlari bilan aytganda, g‘ayridinlar ilmining mahsuli bo‘lgan katta-kichik xilma-xil ashyolar bilan to‘lib-toshganligini ko‘rishdan ojiz edilar. Ikkinchi asos — ko‘proq diniy ilmlardan saboq beruvchi mudarrislar va mullalarga taalluqli bo‘lib, ular dunyoviy ilmlarning o‘qitilishi, xususan, yangi usul maktablarining ommalashishi natijasida o‘z maktab va madrasalarining yopilishidan xavotirda edilar. Zero, Yaratganning qudrati va marhamatiga muhabbat uyg‘otishga emas, bandasi oldidagi qo‘rquv va g‘ayrishuuriy itoatga asoslangan, allaqachon eskirgan o‘qitish uslubi bolalarni tobora bezdirib borayotgan bir paytda bu havotir o‘rinsiz emasdi. Shu o‘rinda yana bir jihatni eslab o‘tish joiz. Yuqorida ham ta’kidlanganidek, qashshoqlikda kun kechirayotgan xalq uchun savod chiqarish, ilm o‘rganish ikkinchi darajali masala. Shunday ekan, asosan o‘rta hol hamda o‘ziga to‘q aholi vakillaridagina bunday imkon bor edi. O‘ziga to‘q boylarning kambag‘alga qayishmasligi va o‘rta hol aholining qolgan aholi qatlami oldida nisbatan ozchilikni tashkil etishi hisobga olinsa, xalqparvar, millatparvar savodlilar va ziyolilar ko‘p bo‘lmaganligini tahmin etish mumkin. Biroq ma’rifatning zarragina uchquni ham imperiya hokimiyatining mo‘rtlashishi uchun yetarli bo‘lishi mumkinligini anglagan bosqinchilar xalqning savodini chiqarish maqsadida mahalliy ziyolilar tomonidan boshlangan yangi usul maktablarini tashkil etish harakatiga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqishgan. Xususan, qahramonimiz G‘ulomjon madrasani tashlab, rus alifbosini o‘rganib, qishloq bolalarining savodini chiqarish maqsadida o‘z uyida tashkil etgan kichik maktabga qishloq qozisi va imomi boshchiligida o‘t qo‘yilishi o‘lkada ma’rifatga qarata ochilgan urushning yaqqol namunasi sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinroq kichik Dilshodning, domlasining tazyiqlari, jismoniy ozorlariga qaramasdan dunyoviy ilmlarni o‘rganish uchun rus-tuzem maktabiga qochib ketishi, ramziy ma’noda, ma’rifatning tutqunlikdan nihoyat xalos bo‘lishidir ehtimol. . U dastlab qishloq maktabida o'qidi, keyin shahar maktab- internatida tarbiya oldi. Toshkentga kelib, o'zbek erlar bilim yurtida ta'lim oldi. 1928 – 1930 yillarda O'rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakul`tetida o'qidi, o'qituvchilik qildi. Mirzakalon Ismoiliyning dastlabki ijodi “Sakkizinchi mart xotin-qizlar ozodligi” nomli kichik p`esadan boshlangan. Ushbu pesa 1927 yilda nashr etildi. U O'zbekiston Davlatnashriyotida (1932 – 1937), Toshkent kinostudiyasida (1937 – 1938), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1939), “Qizil O'zbekiston” gazetasida (1948 –1949) va “Sharq yulduzi” jurnalida (1949 – 1950) ishladi.Adib ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. U 1942 yilda frontga jo'nab, 1947 yilgacha harbiy xizmatda bo'ldi. “Qizil Armiya” nomli front gazetasida mas'ul kotib, muharrir o'rinbosari, harbiy muxbir bo'lib ishladi. Yozuvchi va jangovar jurnalist sifatida faoliyat ko'rsatdi. Urushdan keying yillarda ham adib samarali ijod qildi. Jumladan, “Ozod inson haqida qo'shiq” nomli novellalar to'plami, odob-axloq bobida “Inson husni” nomli kitobchani nashr ettirdi. Shuningdek, u “Keng maydonlar” p`esasining (1948), qator ocherklarning muallifi hamdir. Jumladan, “Vatanga muhabbat”, “Gvardiyachi”, “Gulxan yonida”, “Yorqin kunlar sari”, “Zifo”, “Ikki kecha-yu, ikki kunduz”, “Ozodlik gulini hidlagan kishi”, “Sening amring” kabi ocherklari diqqatga sazovor. Ma'lumotlarga ko'ra, Mirzakalon Ismoiliy 1950 yil 30 noyabrda qatag'onga uchrab hibsga olingan. 1955 yil noyabrda gunohsiz topilib ozodlikka chiqarilgan. Mirzakalon Ismoiliy ozodlikdan mahrum chog'ida ham tushkunlikka tushmay, qo'liga qalam olib xalqi uchun mehnat qildi. Jumladan, “Farg'ona tong otguncha” romanini yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga sayqal berib, nashrga tayyorladi. Romanda Oktyabr` to'ntarishi arafasidagi o'zbek mehnatkashlarining hayoti va ma'rifat sari intilishini tasvirlagan. Roman o'zining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 60-yillar o'zbek nasri ravnaqiga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Mirzakalon Ismoiliy yoshlar hayotini aks ettiruvchi “Bizning roman” (1963), ma'naviyat yog'dularini sharaflovchi “Odamiylik qissasi” (1965) kabi puxta, go'zal nasriy asarlari bilan kitobxonlar e'tiborini qozondi. “Odamiylik qissasi”da yozuvchi odob, axloq to'g'risida hikoya qiladi.Muallif asarda yoshlarni hamisha qiziqtirib kelgan go'zallik,ishq-muhabbat tushunchalariga aniq va ravshan ta'riflar beradi, ajoyib hikmatlar keltiradi. Bezaklarga o'rinsiz havas qo'yib, odamiylik fazilatlarini unutayozgan ayrim lattafahm yoshlarga qarata: “… sen har qancha yasanib-tusanmagin, lablaringni, kiprik-qoshlaringni, betlaringni har xil ranglar bilan bo'yamagin, turli-tuman taqinchoqlar taqmagin, bari bir, insoniy fazilating bo'lmagandan keyin sen xunuksan, sen jirkanchsan, sen nogironsan! Bilib qo'y, senga inson husnini beradigan,nomingni pok,bedog' saqlaydigan narsa yuzingga suradigan bo'yoqlar, quyushqondan chiqib ketgan bachkana kiyimlar, turli zebu ziynatlar emas, yo'q, aslo bular emas! Senga bu husnni chiroyli axloq, odob, madaniyat, yaxshi fazilat beradi!” – deydi va ularni insofga chaqirib, o'rinli pandu nasihat qiladi. Chindan ham, ulkan yozuvchimiz aytganidek, odam bolasi umumbashar yo'lida sira charchamay, hech erinmay kurashishi kerak. Chunki odamga haqiqiy husnni insoniy xulq-atvor, insoniy fazilat beradi. Ha, bunday go'zallik inson tirikligida ham, dunyodan o'tganida ham uning aynimaydigan husni, abadiy siymosi bo'lib qoladi. Odamiylik to'g'risida gap borganda, adib charog'on hayotimiz, ma'naviy axloqimiz har bir kishidan halollikni, adolatparvarlikni, rostgo'ylikni talab qilishin uqtiradi: “Harom bor joyda – razillik, adolatsizlik bor joyda – jabr, yolg'on bor joyda – tuhmat tantana qiladi.Odamlar orasidagi pok munosabatlarga putur yetkazadigan bu illat jamiyatni orqaga, faqat orqaga sudraydi. Fosiqlarning yugurganlari somonxongacha bo'lsa ham, lekin ularning bir kunlik umri jamiyatga juda qimmat tushadi”, deya ta'kidlaydi va o'tmishning bunday illatlariga o't ochishga, har qaerda va har qachon ayovsiz kurash olib borishga da'vat etadi. “Odamiylik qissasi”da insonga oid juda ko'p fazilatlar birma-bir sanab, ta'riflab o'tiladi: mehnatsevarlik, madaniylik, shirinsuhanlik, ko'ngilxonlik, oqko'ngillik, yuz chiroyi, ishq-muhabbat, iffat, hayo, odob, xulq-atvor, farzand burchi, ota-onadan lozimi va boshqalar tartibi bilan tiziladi va xalq adabiy tilida tushuntiriladi. Qissadagi har bir voqea, keltirilgan dalil va fikr shunday mohirlik bilan tasvirlanganki, go'yo adib kitobxon bilan yuzma-yuz suhbat quradi, chin yurakdan so'zlashadi, oramizda uchrab turadigan va sira inkor qilib bo'lmaydigan illatlarni baralla ochib tashlaydi, ularga barham berish zarur ekanini isbotlaydi. Mirzakalon Ismoiliy “Qizlar daftariga” (1980), “O'zingdan ko'r” (1986), “Inson husni” (1989) kabi asarlarida ham yoshlar axloqi, oilada totuvlik va o'zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritadi. Jumladan, “Qizlar daftariga” kitobi ayol-qizlarga o'zgacha ta'sir etadi. Asardagi Saodat buvi atrofiga to'plangan qizlar – Tursunoy, Nigora, Muqaddas, Yorqinoy… larda O'zbekiston qizlari gavdalantiriladi. Mirzakalon Ismoiliy dastlab Lev Tolstoyning “Tirilish” romanini 1938 yilda, keyinchalik shu yozuvchining “Anna Karenina” romanini o'zbekchaga o'girdi. Yozuvchi qatag'ondan so'ng ozodlikka chiqqach, ikkinchi jahon urushidan ilgari boshlagan xayrli ishlarini davom ettirib, qator asarlar tarjimasiga kirishdi. Jumladan, M.Sholoxovning “Inson taqdiri”, N.Ostrovskiyning “Bo'ron bolalari”, Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”, Servantesning “Don Kixot” kabi asarlarini o'zbek kitobxonlariga tuhfa etdi. Adib jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Mirzakalon Ismoiliy O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1983) unvoniga sazovor bo'lgan. Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1986 yil 5 mayda vafot etgan. XIX asr oxirlariga kelib yo‘qchilik, hokim-to‘ralarning zolimligi, mahalliy boylar va amaldorlarning o‘g‘ri va noinsofligi xalqning sabr kosasini to‘ldirdi — o‘lkaning turli hududlarida qurolli qo‘zg‘olonlar avj oldi. Mustabid hukumat esa qo‘zg‘olonlarni shafqatsizlarcha bostirib, o‘lkani qonga botirdi. Ayni paytda mahalliy ziyolilar o‘lkani mustabid zulmidan xalos etish, xalqni yorug‘likka olib chiqishning birdan-bir yo‘li ma’rifat ekanligiga iymon keltirishdi va shu maqsadda o‘z saflarini kengaytirish, kuchlarini birlashtirish tadorigini ko‘ra boshlashdi. Download 75.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling