Mavzu: Mirzakalon Ismoiliyning “Insoniylik qissasi” tahlili. Topshirdi: Qabul qildi: Reja


Download 75.36 Kb.
bet6/7
Sana15.10.2023
Hajmi75.36 Kb.
#1704135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Qafasga tiqilgan To‘ti


Shu o‘rinda romanning har ikki kitobida alohida urg‘u berilgan yana bir jihatga to‘xtalmoqchiman: biz qadriyat deb ataydigan narsa — yozilmagan ijtimoiy me’yorlar va o‘sha qadriyatlarning kasriga qolib, qadri toptalgan ayollar qismati. Ayolning kimningdir farzandi, ayoli, onasi, opasi, singlisi bo‘lishdan tashqari alohida shaxs — odam ekanligini, hech kimi yo‘q bo‘lgan taqdirda ham mavjud ekanligining unutilishi.
Nima uchundir musulmon yoki aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat dunyoviy davlatlarda aksariyat ayollar taqdiri, ularga bo‘lgan munosabat bir-biriga o‘xshash: hali bolalik aqli va kayfiyati tark etmagan go‘daklar ustidan bir buyumdek hukm o‘qiladi, mutaassib otalar o‘z manfaati yo‘lida qizlarini pullashdan, To‘tidek qafasga tiqib, “palahmon toshi” deb boy xaramiga uloqtirishdan or qilmaydi, nomussiz boylar yoki ayrim din peshvolari ko‘zi tushganki ayolni bir nechta xotini ustiga nikohlab olish payida bo‘ladi. U jaholat zamoni o‘tib ketdi, dersiz. Yo‘q, o‘tmadi. Nazarimda, bugun faqatgina o‘zgargan tuzum, qonun nisbatan tiyib turibdi xolos.
O‘sha o‘zbekchilik, qadriyat deb haspo‘shlaganlari — bir qiz — shaxs taqdiriga, tug‘ilish-tug‘ilmasligidan tortib, kim bilan turmush qurishi, nechta farzand ko‘rishi, bolasi nima kasb tanlashigacha, butun boshli urug‘i hokimlik qilishi — o‘taketgan ahmoqgarchilik.
Aslida ayolning ixtiyori otasi, akasi, ukasi, eri, o‘g‘li yoki unga aloqador har qanday erkak izmida emas. To‘g‘ri, ular bilan hisoblashadi, maslahatlashadi, fikrlarini, o‘zlarini hurmat qiladi, lekin eng oxirgi qarorni o‘zi qabul qilishi lozim. Gap uning taqdiri ustida ketganda, eng avvalo uning istagi bilan hisoblashish shart.

Har qanday rahbar — xalq otasi emas


Xulosa qilishdan oldin, romanda e’tiborimni tortgan yana bir jihatni qayd etib o‘tmoqchiman.
Xalqni uzoq yillar davomida qon-qoniga singib ketgan “oqsoqol/hokim/rahbar — yurt/xalq otasi” degan qarashlar ham xarob qildi, nazarimda. Nega?
Keling, o‘sha davrdagi va hozirgi kundagi aksariyat klassik o‘zbek oilalari, undagi otaning o‘rni va otaga nisbatan munosabatni ko‘z oldimizga keltiramiz.
Ota — ulug‘ zot. Bu uning hamisha ulug‘lanishi (masalan, uni madh etish yoki suratini uy to‘riga osib qo‘yish va hokazo) va aslo behurmat qilinmasligi (masalan, so‘zini ikki qilmaslik, tanqid qilmaslik yoki kamchiliklarini ochiq aytmaslik va hokazo) lozimligini anglatadi.
Ota — oila boshlig‘i. Bu uning har qanday oilaviy masala yuzasidan hech kim bilan hisoblashmasdan mustaqil qaror qabul qilish (masalan, oilaviy budjetni qanday taqsimlash) va istalgan oila a’zosi taqdiri ustidan uning roziligisiz hukm chiqarishga (masalan, o‘g‘lining qaysi kasb egasi bo‘lishi, qizini kimga uzatish va hokazo) haqli ekanligini anglatadi.


Xulosa

“Odamiylik qissasi”da insonga oid juda ko'p fazilatlar birma-bir sanab, ta'riflab o'tiladi: mehnatsevarlik, madaniylik, shirinsuhanlik, ko'ngilxonlik, oqko'ngillik, yuz chiroyi, ishq-muhabbat, iffat, hayo, odob, xulq-atvor, farzand burchi, ota-onadan lozimi va boshqalar tartibi bilan tiziladi va xalq adabiy tilida tushuntiriladi. Qissadagi har bir voqea, keltirilgan dalil va fikr shunday mohirlik bilan tasvirlanganki, go'yo adib kitobxon bilan yuzma-yuz suhbat quradi, chin yurakdan so'zlashadi, oramizda uchrab turadigan va sira inkor qilib bo'lmaydigan illatlarni baralla ochib tashlaydi, ularga barham berish zarur ekanini isbotlaydi. Mirzakalon Ismoiliy “Qizlar daftariga” (1980), “O'zingdan ko'r” (1986), “Inson husni” (1989)


kabi asarlarida ham yoshlar axloqi, oilada totuvlik va o'zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritadi. Jumladan, “Qizlar daftariga” kitobi ayol-qizlarga o'zgacha ta'sir etadi. Asardagi Saodat buvi atrofiga to'plangan qizlar – Tursunoy, Nigora, Muqaddas, Yorqinoy… larda O'zbekiston qizlari gavdalantiriladi.
Mirzakalon Ismoiliy dastlab Lev Tolstoyning “Tirilish” romanini 1938 yilda, keyinchalik shu yozuvchining “Anna Karenina” romanini o'zbekchaga o'girdi. Yozuvchi qatag'ondan so'ng ozodlikka chiqqach, ikkinchi jahon urushidan ilgari boshlagan xayrli ishlarini davom ettirib, qator asarlar tarjimasiga kirishdi. Jumladan, M.Sholoxovning “Inson taqdiri”, N.Ostrovskiyning “Bo'ron bolalari”, Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”, Servantesning “Don Kixot” kabi asarlarini o'zbek kitobxonlariga tuhfa etdi. Adib jahon adabiyotining 200 dan ortiq
namunalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Mirzakalon Ismoiliy O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1983) unvoniga sazovor bo'lgan.
Xalqning birlashib, tosh kesib, tog‘ni teshib, zilziladan keyin qaqrab qolgan yerlarga suv chiqarish yo‘lidagi jasoratida ham allaqanday ramziy ma’no bordek. Zero, ilmsiz jamiyat qaqragan yer kabi hosilsiz, hech nima unmaydi. Muallif romanni trilogiya sifatida hayolda pishitgani haqida yozib qoldirgan. Biroq, uning hozirgacha Sobiq ittifoq davrida nashr ettirilgan ikkita kitobi bizga ma’lum bo‘lib, uchinchi (ehtimol, inqilobdan keyingi bir necha o‘n yilliklar tarixi yoritilgan) kitobi nashrdan chiqqanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emas.
Asar o‘lkamiz, ajdodlarimiz tarixi va taqdirini shunchaki o‘qib chiqishni emas, qalban his etishni istagan har qanday kitobxonni qo‘ldan qo‘ymay o‘qishga majbur qila oladi. Mahoratli adib va tarjimon Mirzakalon Ismoiliy mazkur romani orqali ajdodlarning ma’rifat va hurlik yo‘lidagi jasoratini abadiylashtirish barobarida kitobxonni va, ehtimol, butun boshli millatni o‘tmishdagi xatolarga ochiq ko‘z bilan nazar tashlash va ulardan saboq olishga chaqiradi.

Download 75.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling