Mavzu: Mirzakalon Ismoiliyning “Insoniylik qissasi” tahlili. Topshirdi: Qabul qildi: Reja


Zulm ustiga qurilgan hokimiyatning tanazzuli muqarrar


Download 75.36 Kb.
bet5/7
Sana15.10.2023
Hajmi75.36 Kb.
#1704135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Zulm ustiga qurilgan hokimiyatning tanazzuli muqarrar


Romanning ikkinchi kitobi — “So‘nggi kecha” oddiy fuqaro haq-huquqlarining toptalishi, xalq mehnati evaziga bunyod bo‘lgan boyliklarning sanoqli shaxslar qo‘lida to‘planishi, ayni paytda, Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati ortidan podsho hokimiyatining yemirilishi va ezilgan xalq qalbida yorug‘ kunlarga bo‘lgan umid uchqunlarining alanga olishi haqida hikoya qiladi.
Birinchi jahon urushi davrida oddiy xalq turmushining yanada og‘irlashishi, buning ustiga, urushda kuchsizlanayotgan, mag‘lubiyati muqarrar bo‘lib qolgan Rossiya armiyasi ta’minoti uchun soliqlarning oshirilishi, o‘lkadan yuz minglab yosh yigitlarning noma’lum muddatga mardikorlikka olib ketilishi xalqning paymonasini to‘ldirdi.
Yangi soliq — yeyishga bir burda noni yo‘q qashshoq dehqonning uyi kuydi degan gap edi. Hokim, mingboshi yoki qozining bir og‘iz so‘zi bilan Sibir qilingan, avaxtaga tashlangan yoki devorga bosilgan yigitlarning dog‘i kamlik qilgandek, endi “qora xalq” erlarini mardikorlik degan noma’lum taqdir kutardi. Qancha oilalar boquvchisidan ayrilib, qishloqlar bo‘shab qola boshlagan edi. Biroq urushdagi mag‘lubiyat ortidan podsho hokimiyatining zaiflashayotganligi mahalliy ziyolilar, inqilob kayfiyatidagi kuchlarga qo‘l keldi.
Ayni paytda inqilob kayfiyatidagi kuchlar ikki xil oqim bo‘ylab harakat qilmoqda edilar. Birinchi oqim — tashqi kuchlar, xususan, Angliya ko‘magi bilan burjua inqilobini yasab, hokimiyatni millatchilar qo‘lida ushlab qolish va ozchilik manfaatlariga bo‘ysundirish tarafdorlari. Ikkinchisi — proletar diktaturasini o‘rnatib, hokimiyatni ishchilar sinfi qo‘liga o‘tishi tarafdorlari. Hokimiyatning mustabid hukumat qo‘lidan burjua sinfi qo‘liga o‘tishi ishchilar sinfi, oddiy xalq vakillari uchun hech qanday ma’no anglatmasligini yaxshi anglagan xalqparvar ziyolilar imkoniyatni boy bermaslik uchun hayotlarini xafvga qo‘yib bo‘lsa-da harakat qilardilar.
Ko‘pchilik mahalliy boy va amaldorlar tobora o‘z davlatlari va hokimiyatlarini kengaytirib, jannatmonand saroylariga mahliyo bo‘lib, shoxona hayot zavqini surish bilan band ekanlar, bu saroylarning, hokimiyatning, davlatning xalqparvar ziyolilarning xufya tadbirlari ortidan kundan-kunga nurab borayotganidan xabarsiz qoldilar.
Ilgari xalq taqdiri azal deb ko‘nib kelgan bo‘lsa, endi qaramlikdan, haq-huquqlarning poymol etilishidan, tanlov imkonining qoldirilmasligidan bo‘g‘ila boshladi va jon talvasasida birlashib, favqulodda bir jasorat bilan zolimlarning qarshisiga chiqishga o‘zida iroda topa oldi.

Download 75.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling