Mavzu: Modal so'zlarning uslubiy xususiyatlari mundarija: kirish
Download 45.45 Kb.
|
Modal so\'zlarning uslubiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- 1.1 Modal so`zlar va uning turlari.
Kurs ishining maqsadi:
Undov so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot berish Taqlid so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot berish Modal so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot berish Modal so'zlar so'zlarning maxsus leksik va grammatik kategoriyasi sifatida Kurs ishining vazifalari: Undov so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumotga ega bo’lish Modal so‘zlar haqida umumiy tushuncha olish Kurs ishining tuzulishi: 2 ta bob, 4 ta reja, kirish qismi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topdan 1-BOB. MODAL SO‘ZLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 1.1 Modal so`zlar va uning turlari. So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi: Ehtimol, bugun yetib kelar. Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi: Ishonch:albatta, shubhasiz, darhaqiqat, haqiqatan, so’zsiz, tabiiy, tog’ri, xoynaxoy, o’z-o’zidan, haqiqatda, rostdan. Gumon: ehtimol, shekilli, chamasi, menimcha, chog’I, aftidan, ajabmas, har holda, har qalay, balki. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom. Afsuslanish: afsus, attang, esiz. Zaruriyat:kerak, zarur, lozim. Bulardan tashqari: bor, yoq, binobarin, zero, birinchida,.. kabi modal so’zlar ham mavjud. Modal so’zlar tarkibida ko’pincha kirish so’z bo’lib keladi. Tayanch so`zlar: Undov, fikr, his-hayajon, modal, voqeyalik, taqlid, holat, nomlash. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Undov so`zlar va uninig turlari haqida gapiring. 2.Taqlid so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot gapiring. 3.Modal so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot gapiring. 2-topshiriq: Berilgan undov, modal, taqlidiy so’zlar ishtirokida gap tuzing. Voy, voy-bo’, xayriyat, sheklli, taqir-tuqur, yalt-yalt. Modal so`zlar – ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish)ni bildiruvchi so`zlardir. Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom 6. Achinish: afsus, attang, esiz. 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 8. Quvonch: xayriyat. 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q. Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqan. Masalan: 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) bog`lovchidan: 5) so`z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib qoladi). Modal so`zlar sof va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so`zlari sof modal so`zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo`llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi. So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi: Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri kelar. Modal so‘zlar quyidagicha ma’noviy guruhlarni tashkil etadi: Fikrning aniqligiga ishonch: albatta, shubhasiz, haqiqatdan ham, haqiqatan, o‘z-o‘zidan, tabiiy, darhaqiqat, ma’lumki. Gumon, noaniqlik: ehtimol, balki, hoynahoy, shekilli, aftidan. Maqsad, talab, shart: kerak,lozim, zarur, darkor. Mavjudlik, tasdiq: bor, mayli, xo‘p, ( bazan to‘g‘ri, yaxshi, tuzuk sifatlari ham vazifadoshlik asosida shu ma’noda ishlatiladi). Mavjud emaslik, inkor ma’nosini: yo‘q. Ma’qullash: durust, bo‘pti. Yakunlash, ta’kid: demak, xullas, modomiki. Eslatish: darvoqe, aytganday, aytmoqchi. Achinish, taassuf: afsus, attang, essiz. Fikrning tartibi: avvalo, oxiri, nihoyat (ba’zan shu vazifada birinchidan, ikkinchidan…kabi tarib sonlardan ham foydalaniladi). Modal so‘zlar, aslida, mustaqil so‘zlardan ajralib chiqqan bo‘lib, ularning bir qismi, ham mustaqil so‘z, ham modal ma’no ifodalovchi so‘z sifatida, ba’zilari esa hozirgi tilda faqat modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil etadi: 1) sof modal so‘zlar: darhaqiqat, haqiqatan, afsuski, attang, albatta, avvalo, xullas; 2) vazifadosh modal so‘zlar: chamasi,ehtimol, shubhasiz, aftidan. Modal so‘zlar quyidagi turkumga oid so‘zlardan ajralib chiqqan-ligi bilan ham o‘zaro farqlanadi: aftidan, ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat kabilar otdan; shubhasiz, bor, yo‘q, so‘zsiz, tabiiy kabilar sifatdan; albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan olmoshdan; chiqar, bo‘pti fe’ldan ajralib chiqqan. Download 45.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling