Mavzu: Modal so'zlarning uslubiy xususiyatlari mundarija: kirish


Modal so'zlarning leksik va grammatik xususiyatlari


Download 45.45 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1612787
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Modal so\'zlarning uslubiy xususiyatlari

1.2 Modal so'zlarning leksik va grammatik xususiyatlari
Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash mumkin:
a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal so‘z yasovchi qismlarga ajratilmaydi.
Aynan shu ko‘rinishdagi mustaqil so‘z esa yasovchi qismlarga ajratiladi.
Qiyoslang: Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz bajariladi. So‘zsiz, bu kirdikorlarning boshida sen turibsan. Birinchi misoldagi so‘zsiz mustaqil so‘z bo‘lib, so‘z+siz qismlardan iborat,ikkinchi misoldagi so‘zsiz esa qismlarga ajratilmaydi, bir butun holda so‘zlovchining anglatilayotgan fikrni dallash munosabatini bildiradi;
b) modal so‘z mustaqil so‘znig biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u morfemalarga ajralmaydi. Modal so‘z ko‘rinishidagi mustaqil so‘z esa morfemalarga ajraladi: Har bir ishning chamasi bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir yildan so‘ng uchrashdilar (modal so‘z).
Mustaqil so‘zning bu kabi o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda yordamchi so‘zga aylanishi natijasida omonimlik yuzga keladi.
Modal so‘zlar gapda, asosan, kirish so‘z vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ularning gapda quyidagi vazifalarda kelishini kuzatish mumkin:
a) kesim yoki kesimning tarkibiy qismi vazifasida: Bu yoqqa keling, sizga gap bor. Inson uchun suv va havo zarur;
b) so‘z gap vazifasini bajarishi ham mumkin: –Ertaga dam olish kunimi? -Yo‘q (yoki -Albatta).
Tovushlar inson va tabiat tovushlariga bo‘linadi. Inson tovushlari nutq a’zolarining harakati asosida paydo bo‘lsa, tabiat tovushlari, odatda, narsalar birbiriga tegishi, urilishi, qisilishi, siqilishi, buralishi kabilar asosida paydo bo‘ladi. Shuningdek, hayvon-jonivorlarning tovushi: itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, qushlarning sayrashi, otning kishnashi, qo‘ylarning ma’rashi, eshaklarning hangrashi kabilarga taqlid qilish asosida ham tilimizda bir qancha so‘zlar paydo bo‘ladi. Bunday so‘zlar tilshunoslikda taqlid so‘zlar deb yuritiladi.
Taqlid so‘zlar, shuningdek, jonli-jonsiz narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlardir. Shunga ko‘ra ikki turga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Tovushga taqlid so‘zlar.
2. Holatga taqlid so‘zlar.
Ma’lumki, taqlid so‘zlarga doir ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. U.Tursunov, A.Muxtorov, SH.Rahmatullayev, A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupova, A.Anorbekova, Sh.Mirzayeva, R.Sayfullayeva kabi tilshunoslarning asarlari bunga misol bo‘ladi1 . Shu ishlar asosida taqlid so‘zlarni keng doirada tasniflab o‘tamiz.
Tovushga taqlid so‘zlar tarkiban bir nechta guruhlarga ajratiladi:
a) kishilarning harakat-holatidan paydo bo‘lgan tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qars-qars, afshu, chalp-chulp, duk-duk, shalop, shalop-shulup. M., Nazira yuragining duk-dukini hattoki shu shovqinda eshitdi;
b) chaqaloqlarning yig‘lash, uxlash paytida paydo bo‘ladigan tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: inga-inga, pish-pish.
Chaqaloqning inga degan tovushi butun olamni jonlantiradi;
d) kishilarning quvonchi, qayg‘usini ifodalovchi tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qah-qah, pix-pix, hingir-hingir, ho‘ng-ho‘ng M., Do‘stlarning qah-qah ovozi butun davrani uyg‘otdi;
e) kishilarning so‘zlashi, baqir-chaqirini ifodalovchi tovushlarga taqlid so‘zlar: pichir-pichir, qiy-chuv, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir, shivir-shivir, bidir-bidir, vag‘ir-vug‘ur, g‘ivir-shivir, qiy-chuv. M., Birdaniga qiy-chuv boshlanib ketdi;
f) hayvonlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: miyov, vov, uv, irr, maa, vaq-vaq, mee, mo‘o‘, dupir-dupir. M., Qishloqning yozgi tunlari qurbaqaning vaqvaqi bilan yanada yoqimli tuyulardi; g) hasharotlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: chirr-chirr, vish, viz-viz, g‘uv-g‘uv. M., Asalarilarning vizillashi quloqni karaxt qiladi;
h) qushlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qag‘-qag‘, pit-pildiq, ku-ku, kak-ku, chug‘ur-chug‘ur, parrr. M., Bolalar chumchuqlarning chug‘ur-chug‘uriga mahliyo edi;
j) parrandalar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘a-g‘a, qu-qu, chip-chip, qa-qa-qa-qaq. M., Tashqaridan jo‘jalarning chi-chiyi eshitilib turardi;
k) tabiat hodisalari va tabiiy ofatlarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: gumbur-gumbur, biliq-biliq, chars-churs, g‘uv-g‘uv, shitir-shitir, shildir-shildir, baqir-buqur, g‘uv, chirs-chirs, chilp-chilp, g‘arch-g‘urch, cho‘lp-cho‘lp, vaqirvaqir. M., Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi; 2
l) jonsiz predmetlarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘iyq, duk, qars-qars, sharaq, taraq, tap, tars, tars-turs, tars-tars, chirs, qart-qurt, g‘arch. M., Kimdir eshikni tars etib ochdi va uyga kirdi;
m) narsalarning bir-biriga urilishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar: taq-taq, qars-qars, sharaq, taqir-tuqur, qars-qurs, gurs, taraqa-turuq, chirs, tasira-tusir. M., Qorong‘uda derazaning taqir-tuqiri xonadagilarni vahimaga soldi; n)texnika va texnik asboblarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: bongbong, chiq-chiq, taka-tum-tak. M., Jim-jitlik cho‘kkan, hattoki soatning chiq-chiqi mixni qoqayotganm bolg‘aning ovozidek tuyulardi;
o) transport vositalarining tovushiga taqlid so‘zlar: di-dit, g‘uuuv, bip-bip, shaqa-shaq, vuuuuu(poyezd), tiqir-tiqir, trrr-trr-trrr. M., Poyezdning shaqa-shaq ovozi meni doimgidek allalab qo‘ydi. 3
Holatga taqlid so‘zlarning tasnifi:
a) kishilarning holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: dir-dir, alang-jalang, lang, zirq-zirq, lo‘q-lo‘q, shart-shurt, yum-yum(yig‘lamoq), sim-sim(og‘rimoq), g‘ij-g‘ij (aql), g‘ing-ping, zir-zir, shartta-shartta, shuv, mo‘lt, dik-dik, shov-shuv, pish-pish, hang-mang, lop, g‘ivir. M., U yum-yum yig‘ladi;
b) kishilarning xususiyatlarini ifodalovchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: jilpang-jilpang, jirt-jirt, qilpang-qilpang, lik-lik, liking-likang. M., Qizlarning jilpang-jilpang qilishi judayam yomon ko‘rinardi;
d) harakatning holatini ifodalovchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: pildirpildir, lapang-lapang, gir-gir. M., Nozima onasining tepasida gir-gir aylanardi;
e) ob-havo ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar: dag‘-dag‘, dir-dir, qalt-qalt, lov-lov, jiz-jiz. M., Sovuqdan tanamiz dag‘- dag‘ qaltirardi;
f) yorug‘lik, nur ta’sirida paydo bo‘luvchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: lip-lip, milt-milt, jimir-jimir, yalt-yalt, yalt-yult, yaraq, yal-yalt. M., Chirog‘imiz lip etib o‘chib qoldi;
g) tabiat hodisalarining holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: guppa-guppa, guv-guv, gup, jimir-jimir, sharros. M., Birdaniga yomg‘ir sharros quydi;
h) o‘simliklarning holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘uj-g‘uj, g‘ir-g‘ir, hilhil, duv-duv. M., Mevalar duv-duv to‘kildi;
Taqlid so‘zlar shaxslarning, jonli-jonsiz narsalarning, nutqi, harakat-holatlari asosida paydo bo‘ladigan so‘zlardir. Tilimizda nutqiy ta’sirchanlik, obrazlilikni oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi. Semantik, pragmatik ma’no xususiyatlariga ko‘ra nutqda faol qo‘llaniladi.
Modal so’zlarning xususiyatlari: Boshidan beri aytilganlarga asoslanib, modal so’zning xususiyatlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin.
1. Lug’aviy ma’no jihatidan: Bu turdagi so’zlarning lug’aviy ma’nodan boshqa ma’no kasb etishi ko’rinadi. Ular yolg’iz foydalanilganda hech qanday ma’noga ega emas. Modal so’zlar semantika jihatidan “subyektiv” ma’noni o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nutq so’z ifodalash jihatidan ma’lum bir uslubga aylanadi. Shu sababli modal gaplar obyektni nomlash qobiliyatiga ega emas.
2. Morfologik xususiyati jihatidan: Rasmiy; ular otlardan, sifatlardan, ergash gaplardan, undov va yuklamalardan, hatto gaplardan modal so’zlarga aylana oladi.
3. Soʻz turlari va oʻxshashligi jihatidan:
Ular soʻz va gaplar munosabatini koʻrsatish vazifasi bilan qoʻllanuvchi bogʻlovchi va bosh gaplardan, shuningdek, ajratilgan soʻzlardan farqlanadi. Chunki ular gap elementi bo’la olmaydi. Ular undovlarga o’xshaydi. Ikkalasi ham gap elementlari bilan sintaktik bog’lanmagan. Ular jumlaning butun yoki bir qismi bilan semantik jihatdan bog’langan. Kesimlar gapning emotsional jihatini shakllantirish imkonini bersa; Modal so’zlar gapning aqliy tomoniga nisbatan qo’llaniladi. Modal so’zlarni fikrning ma’nosi, ravshanligi va noaniqligini bildiruvchi guruhlarga bo’lish mumkin. 4
4. Sintaktik nuqtai nazaridan: Ular fikrning borishi va maqsadga muvofiqligiga qarab ishlatiladi. Ya’ni gapda ifodalangan fikrga so’zlovchining o’z nuqtai nazarini qo’shadilar. Ular jumlaning jo’shqinligini kuchaytiradi. Shu sababli modal so’zlarning tuzilishi ham har xil. Modal so’zlar dialoglarda oldingi fikrga qiziqish bildirish uchun javob sifatida ham kelishi mumkin.
Undovlar — hishayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. 5
U. asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy). va buyruqxitob (imperativ).
Emotsional U. kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi U. boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional U. matn va ohang bilan bogʻliq ravishda:
1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh);
2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ);
3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o);
4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ);
5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi.
Salbiy his-tuygʻularni ifodalovchi U. esa:
1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo);
2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha);
3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh);
4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy);
5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya);
6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh);
7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod);
8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.
Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq U. ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang, bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakkur, Qulluq, marhamat va sh.k.6
Buyruqxitob (imperativ) U. kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan U.ning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan U. ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh.k.).
Oʻzbek tilida emotsional U. tarkibiga ham, buyruqxitob U. tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida U. guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi U. shu jumladandir.

Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling