“Model – algoritm – dastur” uchligi tadqiqotchi qo‘lida universal, egiluvchan va arzon vositaga aylanib, u avvalo “sinov” hisoblash tajribalarida to‘g‘rilanadi va testlanadi. Keyin modelning berilgan ob'ektning barcha zaruriy sonli va sifat xossalarini aniqlovchi turli – tuman va to‘la “sinov” lar o‘tkaziladi. Modellashtirish jarayoni, kerak bo‘lsa, uchlikning barcha bo‘g‘inlarini (bosqichlarini) yaxshilash va aniqlashtirish bilan birga olib boriladi. “Model – algoritm – dastur” uchligi tadqiqotchi qo‘lida universal, egiluvchan va arzon vositaga aylanib, u avvalo “sinov” hisoblash tajribalarida to‘g‘rilanadi va testlanadi. Keyin modelning berilgan ob'ektning barcha zaruriy sonli va sifat xossalarini aniqlovchi turli – tuman va to‘la “sinov” lar o‘tkaziladi. Modellashtirish jarayoni, kerak bo‘lsa, uchlikning barcha bo‘g‘inlarini (bosqichlarini) yaxshilash va aniqlashtirish bilan birga olib boriladi. Model turlari Modelni tanlash vositalariga qarab umumiy uch guruhga ajratish mumkin: abstrakt, fizik va biologik modellar. Modellarning to‘laroq mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi: Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi. Fizik model Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘la oladi. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. Matematik modellar Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib tajriba ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |