Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar.
O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob be- rish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘- shimcha yoritish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tartibining qo‘llanilishiningiqtisodiy mohiyati va ahamiyati Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq to‘lovchi- larning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Soddalashtirilgan soliqlar - bu soliqqa tortiladigan bazani hisoblashda va ularni undirib olishda hisoblash va hisobotning soddalashtirilgan shakllari ishlatiladigan soliqdir. Odatda, aylanma ko‘rsatkichlari, aktivlar qiymati va iqtisodiy faoliyat natijalari soddalashtirilgan soliqlarning soliqqa tortiladigan bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Soddalashtirilgan soliqlar murakkab moliyaviy hisobot yuri- tishni nazarda tutmaydi va soliq to‘lovchilar hamda soliq ma’muriyati uchun yetarlicha sodda hisoblanadi. Mazkur soliqlar umumiy tartibdagi soliq to‘lovida to‘lanadigan hamma yoki bir qism soliqlarning o‘rnini bosadi. Soddalashtirilgan sxema bo‘yicha hisoblanadigan turli daromad ko‘rsatkichlarining taqribiy bahosi yoki iqtisodiy faoliyat natijalari sodda soliqlarning soliq solinadigan bazasi hisoblanadi. Soddalashtirilgan tartibdagi soliqqa tortishni qo‘llashga imkon beradigan mezonlar, qoidaga ko‘ra, soliq soli- nadigan ko‘rsatkichlar va ishchilar soni bo‘yicha yuqori chegaralar (chegaralar)ni o‘z ichiga oladi. Soddalashtirilgan soliqning imtiyozli yoki nolga teng bo‘lgan stavkasi (soliq solinmaydigan minimum) doirasida qo‘llanadigan quyi chegaralar ham berilishi mumkin. Soliq stavkalarining shkalasi ishlatiladigan ko‘rsatkichlar hajmiga bog‘liq tarzda darajalarga bo‘linishi mumkin. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibidir va «yagona soliq to‘lovi»ni, «yagona yer solig‘i»ni hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha «qat’iy belgilangan soliq»ni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisobi va hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi». Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling