Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 2007-yil 1-yanvardan yalpi daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l jamg‘armasiga hamda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18- dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjetining parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-532-son Qaroriga muvofiq 2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1-oktyabrdan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi.
Agar yuridik shaxslar o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish bilan shug‘ullansa, ular kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga
o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq
to‘lovining stavkalari
Do'stlaringiz bilan baham: |