Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona yer solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi
Yagona yer solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi Soliq kodeksi maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi: qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan, uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa; yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa. Soliq kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi: qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari; chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari; ipakchilik mahsulotlari; baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar. Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti Soliq kodeksi maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir: qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari- ning tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. Soliq solish obyekti: Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir. Soliq solinadigan baza: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — soliq kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni, ; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha – Soliq kodeksining 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ qiymati, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa – yer uchastkasining umumiy maydoni. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi: – yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar. Yagona yer solig‘i summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha – joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar. Soliq to‘lovchilar soliqni soliq kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlash- tirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling