Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Foyda solig‘i soliq stavkalari


Download 0.5 Mb.
bet105/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Foyda solig‘i soliq stavkalari




Soliq to‘lovchilar

Soliq
stavkasi, %

1

Yuridik shaxs, bundan 2-6-bandlarda
ko‘rsatilganlardan mustasno

15

2

Tijorat banklari

20

3

Yuridik shaxslar:
Sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
Polietilenni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
Faoliyatlarining asosiy turi uyali aloqa xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘lganlar.

20

4

Bozor va savdo komplekslarida xizmat
ko‘rsatishdan olingan foyda

20



5

Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini
amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar



7,5

6

Dividendlar tarzidagi daromadlar

5

Dividendlar va foizlar soliq orqali to‘lov manbalarida chegirib qolinadi va ularning hisob-kitobi va ushlab qolinishi borasidagi javobgarlik to‘lov manbalari zimmasiga tushadi.


Agar jismoniy shaxslar boshqa tashkilotdan dividend va foizlar olsa, soliq solinadigan baza hisob-kitobida buni e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Daromadlaridan dividend va foiz to‘laydigan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga 5 foizlik (Soliq kodeksning 337-moddasi asosida) soliq solinadi.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda, norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan, faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday ketma– ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida 183 kalendar kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatlarini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar – yuridik shaxslarning foydalariga doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatlarini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar – yuridik shaxslarning xarajatlariga ular tomonidan O‘zbekiston va uning atroflariga olib kelgan narsalardan qat’iy nazar, bevosita O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali daromad olish uchun aloqador barcha xarajatlari kiradi.
Agar norezident O‘zbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bog‘liq xarajatlari summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasalar bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari mana shu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirib tashlamasdan soliqqa tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling