Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet89/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Mahalliy soliqlar – bu Soliq kodeksi va mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan soliqlar bo‘lib, muayyan hudud (tuman, viloyat) da amal qiladi.
Bugungi kunda quyidagi turdagi mahalliy soliqlar undirilishi mumkin:

  • jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i;

  • yer solig‘i;

  • ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

  • boshqalar.



  1. Soliq mexanizmi


Soliq mexanizmi – davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi – bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.


Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni
tashkil qilishning barcha elementlari yig‘indisi tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbai, soliq stavkasi, to‘lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi amaldagi soliqlarni hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi.
Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig‘indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir.
Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bo‘lgan soliqlardan farqli o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli subyektiv xarakterga egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.
Soliq obyekti, soliq subyekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o‘tkazish tartibi, soliq to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi.
Makrodarajada soliq mexanizmi davlat soliq ma’murchilikgi va uni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling