Soliqlar va yig‘imlar yig‘uvchilari – soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi, soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishini ta’minlovchi shaxslardir. Mazkur funksiyani O‘zbekiston Respublikasida soliq agentlari, banklar amalga oshiradilar. Qonun
hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi va farq qilishi mumkin.
Soliq ma’murchiligi organlari soliq sohasida vakolatli organlar bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida bu organ davlat soliq organlari hisoblanadi.
Fiskal organlar – davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirishda ishtirok etuvchi va byudjet shaklida jamg‘aruvchi organdir. O‘zbekistonda fiskal funksiyani vakolatli moliya organlari, jumladan g‘aznachilik organlari va davlatning byudjetdan tashqari fondlari (masalan, Pensiya fond).
Ta’kidlash joizki, fiskal funksiya va soliq ma’murchiligi funksiyalarini davlat hokimiyatining boshqa organlari ham amalga oshirishlari mumkin.
Soliq munosabatlarining vaqtinchalik ishtirokchilari. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan muayan sharoitlarda soliq ishtirok- chilari soliq sohasiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni ham jalb etishlari mumkin. Bunday shaxslarning ishtiroki albatta cheklangan bo‘ladi, shu sababli ularni ma’lum shartlar bo‘yicha taklif etish mumkin bo‘ladi. bunga masalan mutaxassislar, tarjimonlar, ekspertlarning soliq nazorati va taftishi jarayoniga jalb qilinishi orqali ko‘rishimiz mumkin.
Davlatning soliq siyosati
Siyosat deganda, davlatning oldindan belgilab, aniqlab qo‘ygan chora-tadbirlari yig‘indisi tushuniladi. Soliq bo‘yicha ishlarni tashkil qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |