Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yo‘nalish
Soliq strategiyasi – davlatning keng miqyosdagi va uzoq muddatga mo‘ljallangan soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari- dir.
Soliq taktikasi – soliq strategiyasini amalga oshirishning joriy davr uchun belgilangan chora-tadbirlaridan iborat bo‘lib, amaliyotda asosan soliq tizimini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash, qonunchilik bazasiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi. Miqyosiga ko‘ra ichki va tashqi soliq siyosatini ajratib ko‘rsa- tishimiz mumkin. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida soliqlar harakati chegarasini kengaytirish, ularni chuqur tahlil qilib borish va ilmiy xulosalar asosida yangi soliqlar joriy etish talab etiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Soliq sohasidagi xato va kamchiliklari takrorlamaslik uchun soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotini puxta o‘rganish lozim bo‘ladi. Soliqqa tortish va undirish ishlarini arzonga tushirishni unutmaslik kerak. Soliq obyekti aniq, ixcham bo‘lishi va soliqni hisoblash uchun to‘lovchilarga va soliqni tekshirish idoralariga oson va qulay bo‘lishi zarur. Byudjetga soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida tushishini rag‘bat- lantirish maqsadida byudjetga ko‘p salmoqli soliq to‘lovchilarga soliqdan ma’lum hissasini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday chora-tadbirlar yig‘indisi soliqlar orqali bozor iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatini kengaytiradi va unga muvaf- faqiyatli o‘tishga zamin tayyorlaydi. Hozirgi davr soliq siyosati negizida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning barcha ustuvor tamoyillari ko‘zda tutilgan. Soliq siyosati ana shu tamoyillardan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda soliq siyosati ikki yo‘nalishga qaratilgan. Birinchi yo‘nalish. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Bu yerda eng avvalo, korxonalarning bozor munosabatlari sharoitidagi erkinligini hisobga olish zarur. Ya’ni ular tovar va xiz- matlarga erkin baho begilaydilar, moliyaviy mustaqillikka egadirlar. Shularni hisobga olib soliq siyosati yo‘nalishini belgilash lozim bo‘ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling