Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Soliqlar orqali takomillashtirish –


Download 0.5 Mb.
bet91/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Soliqlar orqali takomillashtirish – soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibi, sxemasi, miqdori, muddati va shaklini oqilona tashkil qilishga qaratilgan faoliyatdir. Soliqlar orqali takomillashtirish soliq to‘lovlari miqdorini saqlab qolgan holda ularni undirish shakllarini va muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga ham yo‘naltirilgan. Buning natijasida soliq to‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi yaratiladi va ular o‘zlari uchun eng qulay bo‘lgan shart-sharoit va tartiblarda belgilangan soliqlarni to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Soliqlarning minimallashuvi – bu soliq to‘lovchilarning iqtisodiy holatini yanada barqarorlashtirishga qaratilgan mexanizm
bo‘lib, iqtisodiyotning tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan soliq tushumlarini soliq to‘lovlarining eng minimal hajmi orqali amalga oshirishga qaratiladi.


  1. Soliq munosabatlarining ishtirokchilari


Bugungi kunda soliq munosabatlarining ishtirokchilari quyidagilar:



  1. Davlat soliq xizmati organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;

  2. bojxona organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari;

  3. moliya organlari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari;
  4. boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.


Soliq to‘lovchilar – zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalaridir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling