Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet90/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Soliq mamurchiligi – mamlakatning soliq tizimini samarali boshqarishning kompleks chora-tadbirlari yig‘indisidir. Soliq ma’murchiligi soliq qonunchiligini ishlab chiqish va unga rioya etilishi, soliqqa qarshi turli huquqbuzarliklar, jinoyatlarni hamda soliq to‘lovchilarning noqonuniy hatti-harakatlarini aniqlashga va bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Qo‘yilgan har bir vazifani amalga oshirish soliq tizimining turli hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliqlar orqali tartibga solish – davlatning iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli bo‘lib, davlat byudjetiga turli soliq va yig‘imlarni qo‘shimcha jalb etish, ayrim soliq to‘lovchilarga imtiyozlar berish yoki soliq to‘lovidan ozod qilish, soliqlarning undiruvchanlik mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatidir.
Bu juda murakkab mexanizm bo‘lib, nafaqat soliqlar orqali ta’sir ko‘rsatishni, balki kelgusida soliq to‘lovchilarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini ham oshirishga qaratiladi. Bu shuni anglatadiki, soliqlar aynan soliq to‘lovchilarga qaratiladi, uning ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi, fiskal maqsadlari esa muayyan tarmoqdagi noqulay vaziyatni yaxshilash, uni rivojlantirish yoki qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutadi.
Mikrodarajada soliq mexanizmi soliq menejmenti orqali amalga oshiriladi.

Soliq menejmenti:


  • soliq to‘lovlari va majburiyatlarini, shuningdek, har qanday soliqqa tortiladigan bazani samarali tartibga solishga qaratilgan boshqaruv tizimidir;

  • soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida davlatning soliqqa tortish mexanizmini yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir.

Soliq menejmentining 3 ta asosiy tarkibiy qismi mavjud. Bular: Soliq logistikasi – soliq to‘lovchilarning zaruriy soliq to‘lovlarini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida ularning moliyaviy yoki soliqqa tortiladigan daromadlarini samarali boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Uning asosiy maqsadi soliq to‘lovlarini belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanishiga erishish va ushbu maqsadda iqtisodiy jihatdan samarali va maqsadli bo‘lgan soliqqa tortish usullari va stavkalaridan foydalanishdir. Shu bilan birga soliq imtiyozlaridan ham samarali foydalanish, mablag‘larning
manzilli undirilishiga erishish lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling