Mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish
Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari
Download 55.23 Kb.
|
Молиявий хисоботда молиявий режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy reja va uning turlari.
2. Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari.
Moliyaviy rejalashtirish kuyidagi prinsiplarga asoslanadi: Yagonalik prinsipi. Moliyaviy rejalashtirish tizimli xarakterga ega bulishi kerak. Moliyaviy rejaning aloxida buginlarini uzaro koordinatsiyasi prinsipi. Uzaro ishtirok etish prinsipi. Moliyaviy rejalashtirishda kompaniyaning xar bir bulimi(marketing, sotish va b.) jalb kilinadi. Uzluksizlik prinsipi.: -moliyaviy rejalashtirish tizimli ravishda belgilangan darvda doimiy ravishda amalga oshiriladi; -ishlab chikilgan rejalar uzluksiz bir biri bilan almashiniladi; Egiluvchanlik prinsipi(vertikal rejalashtirish). Aniklik prinsipi. Korporativ reja kompaniyaning tashkil va ichki shart sharoitlariga muvofik batafsil aniklashtirilgan bulishi talab kilinadi. Moliyaviy reja va uning turlari. Rejalashtirish mikdoriy va sifat tavsifidagi maksadlarni ishlab chikish va kabul kilish xamda ularga erishishning samarali yullarini aniklash jarayonlarini uzida aks ettiradi. «Maksadlar daraxti» shaklida ishlab chiklgan maksadlar boshkarishning mazkur darajasida muxim xisoblangan kursatkichlar tizimida xisob kitoblar imkoniyati buyicha tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshkaruv karorlari moliyaviy axborotlarni taxlil kilish natijalari asosida kabul kilinadi. Moliyaviy reja- kompaniyaning qisqa va uzok muddatlarga pul mablaglari xarajatlari va daromadlarini o‘zida aks ettiruvchi xujjatdir. Moliyaviy reja biznes rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini bir kancha sabablari mavjud bulib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalarning mavumligi, rejaning yunaltiriruvchanlik rolini mavjudligi, iktisodiy shart sharoitlarning optimallashtirilishi xisoblanadi. Uzbekiston Respublikasidagi xozirgi iktisodiy vaziyat davlat va korxonalar moliyasidagi rejalashtirish jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish zaruratini keltirib chikaradi. Rejalashtirish jarayonida yukorida keltirilgan xar kaysi usullardan foydalaniladi. Masalan, budjetni rejalashtirish jarayonida bir vaktning uzida ekstrapolyatsiya usulidan xam foydalaniladi va shuningdek budjet xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda ularning balansligi ta’minlanishi lozim. Shuning uchun xarajatlar va daromadlarning farklarini koplash maksadida defitsitni moliyalashtirish manbalari xam rejalashtiriladi. Moliya tizimining barcha buginlari uziga xos moliyaviy rejaga egadir. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarda moliyaviy reja daromad va xarajatlar balansi shaklida shakllantiriladi. Moliyaviy reja korxonaning daromad va xarajatlarini boglovchi oldingan kuyilgan moliyaviy maksadlargsha erishish usullarini tavsiflovchi xujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maksadlari aniklanadi, korxonaning joriy moliyaviy xolatiga urnatilgan maksadlarning muvofik kelish darajasi urnatiladi, urnatilgan maksadlarga erishishga yunaltirilgan faoliyat ketma ketligi shakllantiriladi. Moliyaviy reja moliya tizimining barcha buginlariga xosdir. Chunonchi, davlat moliyasi darajasida davlatning asosiy daromadlari va xarajatlari balansi sifatida budjet loyixasi ishlab chikiladi va tasdiklanadi. Xujalik sub’ektlari darajasida daromadlar va xarajatlar balansi shaklida moliyaviy reja tuziladi. Moliyaviy rejalashtirish asosida strategik va ishlab chikarish rejalari yotadi. Strategik rejada korxona faoliyati soxalarini maksadlari, vazifalari, masshtablarinini shakllantirishni kuzda tutiladi. Ishlab chikarish rejasi strategik reja asosida tuziladi va ishlab chikarish, marketing, ilmiy-tadkikot va investitsion siyosatni kuzda tutadi. Moliyaviy reja uzida korxonalarning moliyaviy maksadlariga erishish uslublarini tavsiflovchi va uning daromad va xarajatlari boglovchi xujjatni uzida aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida: korxonaning moliyaviy maksadlari belgilanadi; mazkur moliyaviy maksadlarga korxonaning joriy moliyaviy xolatini muvofik kelish darajasi aniklanadi; v) urnatilgan maksadlarga erishishga yunaltirilgan xarakatlar, tadbirlar ketma ketligi shakllantiriladi. Moliyaviy rejaning 2 asosiy turi mavjud bulib ular: Qiska muddatli moliyaviy reja; Uzok muddatli moliyaviy reja. Qisqa muddatli moliyaviy rejaning maksadi moliyaviy barkarorlik nuktai nazaridan korxonaning kengayish sur’atini aniklash xisoblanadi. Uzok muddatli moliyaviy rejaning maksadi korxonaning doimiy tulov kobiliyachtini ta’minlash xisoblanadi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining kuyidagi boskichlari ajratiladi: korxonalarning moliyaviy xolati taxlil kilinadi; takvimiy smeta va budjet tuziladi; V) korxonaning kelgusida moliyaviy resurslarga umumiy extiyoji aniklanadi; G) moliyalashtirish manbalarining strukturalari bashorat kilinadi; D) nazorat va boshkarishning muvofik keluvchi tiimi tuziladi; Ye) rejaga uzgartirishlar kiritish tartiblari ishlab chikiladi. Amaliyot nuktai nazaridan moliyaviy rejaning bir kancha kuyidagi variantlari itavsiya kilinadi: optimistik, yukori extimollikdagi rejalar, pessimistik. Umumiy kurinishda moliyaviy reja kuyidagi mazmundagi xujjatlarni uz ichiga oladi: Investitsion siyosat: asosiy fondlarni moliyalashtirish siyosati, nomoddiy aktivlarni moliyalashtirish siyosati, uzok muddatli kuyilmalarga nisbatan siyosat. Aylanma kapitalni boshkarish: pul mablaglar va unga tenglashtirilgan mablaglarni boshkarish,ishlab chikarish zaxiralarini boshkarish,kontragentlarga nisbatan siyosat va debitorlik karzlarini boshkarish. Divident siyosati va moliyaviy resurslar manbalari strukturasi. Moliyaviy prognozlashtirish: moliyaviy shartlarning tavsifi, korxonalar daromadi va xarajati, moliyaviy xisobotlar prognozlari, pul mablaglari budjeti, kapitalga umumiy extiyoj,tashki moliyalashtirishga extiyoj. Xisob siyosati. Moliyaviy nazorat tizimlari. Ma’lumki moliyaviy reja yetarli darajada murakkab bulib korxona investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha moliyaviy ishlab chikarish tavsifidagi omillarni kompleks kamrab oladi. Moliyaviy rejalashtirishda prognozlashtirish muxim rol uynaydi. Moliyaviy menejer realizatsiya xajmini, maxsulot tannarxini moliyalashtirish manbalari, pul okimlari mikdorini prognozlashtirishi zarur. Prognozlashtirishning 2 asosiy usuli xozirgi paytda samarali xisoblanadi. Ular: ekspert baxolash usuli, situatsion taxlil va prognozlashtirish usullari. Download 55.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling