Mavzu: Moliyaviy menejerning moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini boshqarishdagi ahamiyatli jihatlari
Download 275.24 Kb.
|
курсовая работа
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar ro`li.
Pul oqimlarini boshqarish. Korxonalaming joriy va kundalik faoliyatini amalga oshirishda pul oqimlarini boshqarish muhim rol o‘ynaydi. Korxonalaming moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy mustaqilligi, likvidiiljgi va to‘lovga qobilligi hamda boshqa iqlisodiy ko'rsatkichlarning yuqori ekanligi ko‘p jihatdan ushbu funksiyaning to 'g‘ri va oqilona amalga oshirilishiga bog`liqdir. Korxonalarda pul oqimlarini kirib kelishi va chiqib ketishini to'g'ri tashkil eiish, ular ustidan doimiy nazoratni olib borish, vaqtincha bo‘sh turgan moliyaviy mablag‘lardan optimal foydalanish va shu kabilar pul oqimlarini boshqarish funksiyasini mohiyatini ifodalaydi. Moliyaviy risklarni boshqarish. Hozirgi raqobat muhiti rivojlangan bir davrda tadbirkorlik faoliyatining maqsadi kam harajat evaziga ko‘proq daromad olishdan iborat. O‘z navbatida har qanday xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida, tijorat faoliyatining turi va xajmidan kelib chiqqan holda ma’lum bir yo‘qotishlar yoki tavakkalchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklar (tavakkalchilik) xo‘jalik faoliyatini tashkil qiluvchi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish funksiyasi yordamida, ho‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan risklarning turlarini aniqiash, ushbu risklarning xatarlililk darajalarini baholash va buning natijasida yo‘qotishlar ko‘lami va xajmini belgilash mumkin bo‘ladi. Olingan ma’lumotlar va taxlil natijalariga asoslangan holda, risklarni boshqarishning kompleks chora-tadbirlar tizimi tuziladi: ularni diversifikatsiyalash va sug‘urtalash; risklarning aloxida turlari minimallashtiriladi va profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
I.3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar ro`li. Yuqorida ta’kidlanganidek, moliyaviy rejalashtirish moliyaviy menejer oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur paragrafda moliyaviy rejalashtirish xususida toʻxtalib oʻtamiz. Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarish tizimining ajralmas qismi sifatida korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga doir qaror qabul qilish asoslarini ta’minlaydi. Moliyaviy rejalashtirishning korxonalar faoliyati uchun alohida dolzarbligi shundaki, u keskin raqobat sharoitida uzluksiz rivojlanish yoʻlini belgilab beradi. Moliyaviy rejalashtirishning notoʻgʻri tashkil etilishi bir tomondan bozorning ma’lum bir mahsulotga nisbatan toʻyinishi, ikkinchi tomondan esa boshqa bir mahsulotga nisbatan taqchillikning yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada esa bozor muvozanati buziladi. “Bozor uchun eng maqbul holat talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning ta’minlanishidir. Shundagina iqtisodiyot bir maromda rivojlanadi”1. Moliyaviy rejalashtirish resurslardan samarali va toʻgʻri foydalanish orqali bozor muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar va boshqa mutaxassislar tomonidan aniq moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilishi, ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish uchun qarorlar qabul qilinishini koʻrish mumkin. Umuman moliyaviy rejalashtirish koʻrsatkichlar tizimiga asoslangan moliyaviy boshqaruvda qoʻllaniladigan asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moliyaviy rejalashtirish buyruq elementi sifatida ifodalanmaydi. Aksincha, uning maqsadi – xoʻjalik faoliyati muvaffaqiyati uchun optimal imkoniyatlarni ta’minlash, buning uchun zarur mablagʻlarni jalb qilish, korxonaning raqobatbardoshligi va foydaliligiga erishish, shuningdek, korxonaning daromad va xarajatlarini, pul mablagʻlari harakatini rejalashtirishdir. Bundan koʻrinib turibdiki, moliyaviy rejalashtirish keskin raqobat sharoitida xoʻjalik sub’ekti raqobatbardoshligi va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida pul mablagʻlari harakatini, ya’ni daromad va xarajatlarni toʻgʻri tashkil etishga qaratilgan faoliyatdir. Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarishda muhim va dastlabki bosqich sifatida koʻzga tashlanadi. Bu jarayonni korporativ boshqaruvda moliviy qarorlar qabul qilish jarayoni bilan izohlash mumkin. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuzaga kelgan ma’lum bir tanazzul moliyaviy globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv tufayli butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir koʻrsatishini moliyaviy-iqtisodiy inqiroz holatlari koʻrsatib turibdi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi globallashuv va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv sharoitida moliyaviy rejalashtirish jarayoni nafaqat moliyaviy resurslar harakatini toʻgʻri tashkil etish, shu bilan birga, rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday kutilmagan holatlarni koʻra bilish va baholay olishni ham oʻz ichiga olishi lozim. Bunda asosiy e’tibor korxonalar faoliyati davomida yuzaga kelishi hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarga ham qaratilishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda moliyaviy rejalashtirish haqida soʻz yuritilganda aynan moliyaviy risklarni kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, moliyaviy rejalashtirish avvalo takror ishlab chiqarish jarayonini pul bilan ta’minlashga xizmat qilishini unutmaslik lozim. Mutaxassislarning fikricha, rejalashtirishning sifati xoʻjalik sub’ekti muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim omillaridan biri sifatida koʻzga tashlanadi va rejalashtirish tizimidagi kamchilik uning imkoniyatlarini 20-30%ga pasaytirishi mumkin. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy rejalashtirishdan asosiy maqsad ham takror ishlab chiqarishni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashni samarali tashkil etish, ham moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishdir. Bunda rejalashtirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan kapital daromadliligini oshirish orqali firma barqarorligini ta’minlash, shuningdek, risklarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash maqsadga muvofiq: - operativ (xoʻjalik), investitsion va moliyaviy faoliyatlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; - pul mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga korxonaning foydasini oshirish maqsadida ichki zaxiralarni qidirib topish; - kapitalni samarali joylashtirish yoʻllarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash; - budjet va budjetdan tashqari maqsadli fondlar bilan oʻzaro moliyaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish; - hamkorlar bilan qisqa muddat ichida samaradorlik jihatdan yuqori moliyaviy munosabatlarni oʻrnatish; - rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar real balansliligini ta’minlash maqsadida korxonaning moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari, toʻlovga layoqatliligi ustidan ichki nazorat tartibini belgilash. Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar miqyosida moliyaviy rejalashtirish quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq: - xoʻjalik sub’ekti taraqqiyotining asosiy tendensiyalarini belgilash va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; - keskin raqobat sharoitida inqiroz (bankrotlik) holatlari oldini olish va moliyaviy risklarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash; - xoʻjalik sub’ekti miqyosida strategik, joriy va operativ moliyaviy rejalashtirishni yoʻlga qoʻyish va rejalashtirilgan koʻrsatkichlarga erishish texnologiyalarini ishlab chiqish; - investitsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda xoʻjalik sub’ektiga investitsiyalar jalb qilish yoki xoʻjalik sub’ektining mablagʻlarini investitsion faoliyatga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish xoʻjalik sub’ektlarida maqsadni aniq belgilashga, oldinga qoʻyilgan maqsadga erishishga toʻsqinlik qiluvchi moliyaviy risklarni aniqlash va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilashga, eng asosiysi bozor muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning nazariy hamda amaliy masalalarini chuqurroq oʻrganish talab etiladi Download 275.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling