Mavzu: Moliyaviy menejerning moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini boshqarishdagi ahamiyatli jihatlari


II.3. Mamlakatda moliyaviy menejerlar faoliyatining takomillashtirish yo`nalishlari


Download 275.24 Kb.
bet10/11
Sana09.01.2022
Hajmi275.24 Kb.
#262577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курсовая работа

II.3. Mamlakatda moliyaviy menejerlar faoliyatining takomillashtirish yo`nalishlari

Mamlakatimizda bozor munosabatlari sharoitida, korxonalarda moliyaviy menejment tizimini oqilona tashkil etish va takomillashtirish, korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni inobatga olgan holda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, istiqbolda strategik maqsadlarga og‘ishmay erishish kabilar ko‘p jihatdan moliyaviy menejerning yoki korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarishda mas’ul xodimlarning vazifalari va majburiyatlarini aniqlab olishni taqozo etadi. Hozirgi kunda korxonalar faoliyatini samarali boshqarishda moliyaviy menejerlar yoki korxonalar moliya bo‘linmalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri korxonalarning moliyaviy faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni chuqur o‘rganish, iqtisodiyotda ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlardan doimo xabardor bo‘lish hamda korxonalar faoliyatini tashqi iqtisodiy-ijtimoiy muhitga mos holda muvofiqlashtirib borish kabilar hisoblanadi.

Hozirda yurtimizda moliyaviy menejment va unda moliyaviy menejerning o`rni va ro`lini takomillashtirish yuzasidan bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. So`zimiz tasdig`i sifatida, “O‘zbekenergo” AJda Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish markazi tashkil etilganini misol qilb keltirsak mubolag`a bo`lmaydi.

Unga ko`ra, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini zamonaviy moliyaviy menejment asosida olib borish va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish maqsadida “Moliyaviy menejment va hisobotlarni xalqaro standartlarini joriy qilish Markazi” tashkil etildi.

Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy menejmentni joriy qilish va hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish maqsadga muvofiqdir. Chunki, moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirishga erishish faqatgina xalqaro standartlarga o‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Yangi joriy etilgan tizim ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va uni takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish masalasi muhim o‘rin tutadi.

Markazning asosiy vazifasi balans va moliyaviy hisobotlarni yig‘ish, jamlash, konsolidatsiya qilish va ular asosida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, moliyaviy xatarlarni aniqlash va baholash, moliyaviy risklarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Ushbu amaliyotning joriy etilishidan asosiy maqsad hisob-kitobni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy jihatdan sog‘lom va barqaror faoliyat yuritadigan tizimni shakllantirishga qaratilgan.

Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish” markazi moliyaviy hisobotlar, moliyaviy menejment va moliyaviy xatarlarni boshqarish bo‘limlari tashkil etildi.

- Moliyaviy hisobotlar bo‘limi, xar oyda moliyaviy va statistik xisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish, konsolidatsiya qilish hamda ularni haqqoniyligi va to‘g‘riligini ta'minlash ishlarini amalga oshiradi. Hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qiladi. Shakllantirilgan hisobotlarni tegishli boshqarmalarga va tahlil o‘tkazish uchun moliyaviy menejment bo‘limiga topshiradi.

- Moliyaviy menejment bo‘limi, olingan moliyaviy va statistik hisobotlarni milliy va xalqaro moliyaviy kriteriylar asosida tahlil qiladi, moliyaviy risklarni aniqlaydi hamda tahlil natijalari yuzasidan Jamiyat rahbariyati va korxonalarning Kuzatuv Kengashlariga ma'lumot va ko‘rsatmalar kiritadi.

- Moliyaviy risklarni boshqarish bo‘limi, tahliliy ma'lumotlar asosida to‘lov qobiliyati, investitsion, kredit, valyuta, inflyatsion, soliq, bankrotlik alomatlari va aniqlangan boshqa moliyaviy risklarni boshqarish, baholash va ularni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Korxonalarda moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, to‘lov intizomini mustahkamlash va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda Jamiyat rahbariyati va korxonalarning Kuzatuv Kengashlariga kiritadi.



Xulosa

Moliyaviy menejment yoki moliyaviy resurslar va munosabatlarni boshqarish, iqtisodiy sub'ektning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida moliya sohasida bozor mexanizmlarini tartibga solish printsiplari, usullari, shakllari va usullari tizimini qamrab oladi. Kichik biznesda buxgalter yoki iqtisodchining malakasi moliyaviy menejment uchun etarli, chunki moliyaviy operatsiyalar odatdagi naqd pulsiz to'lovlardan nariga o'tmaydi, buning asosi naqd pul oqimi hisoblanadi. Katta biznesning moliyaviy ahvoli bilan umuman boshqacha rasm. Katta biznesda miqdorning sifatga o'tish qonuni qo'llaniladi. Katta biznes katta kapital oqimini va shunga mos ravishda mahsulot (ish, xizmat) iste'molchilarining katta oqimini talab qiladi. Hajmi va ko'lami sezilarli darajada o'lchanadigan o'rta va yirik biznesda moliyaviy operatsiyalar ustunlik qiladi. sarmoyalar, kapitalning harakati va ko'payishi bilan bog'liq. 

Katta biznesni moliyaviy boshqarish uchun moliyaviy biznes sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar - moliyaviy menejerlar (moliyaviy direktorlar) kerak. Moliya nazariyasini, menejment asoslarini, moliyaviy menejerni bilish, tajriba orttirish, intuitivlik va bozorga mos kelmaslik biznesdagi asosiy shaxsga aylanadi.

 O`zbekistondatonda chuqur iqtisodiy o'zgarishlar ro'y bermoqda, chunki mamlakat global iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining asosiy oqimiga qaytmoqda. Iqtisodiyotni boshqarishning oldingi mexanizmini tubdan qayta qurish, uni bozor boshqaruv uslublari bilan almashtirish mavjud. Katta biznesni moliyaviy boshqarish uchun moliyaviy biznes sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar - moliyaviy menejerlar (moliyaviy direktorlar) kerak. Moliya nazariyasini, menejment asoslarini, moliyaviy menejerni bilish, tajriba orttirish, intuitivlik va bozorga mos kelmaslik biznesdagi asosiy shaxsga aylanadi. 

Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar, xususan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash yo`lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda jamiyatni demokratlashtirish natijasida shakllangan yangi bosqichdagi ijtimoiy munosabatlar yuritish taomillarining davr talablari asosida takomillashtirishni taqazo etmoqda.

Bu o`z navbatida, boshqaruvning oldingi uslublaridan tubdan farq qiladigan uslublarni joriy etlilishini talab qilsa, bir vaqtning o`zida, bugungi kundagi sifat jihatdan tez o`zgarib borayotgan bozor munosabatlariga muvofiq tarzda boshqaruvni amalga oshira oladigan mutaxassislarni yetishib chiqishini ham talab qiladi.

Mamlakatimizda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo`jalik yurutuvhi subyektlarni rivojlaninishi, avvalambor, moliya va mehnat resurslarini tashkil etishda, foydani taqsimlashda, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda va boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la bozor mexanizmini boshqarish usullaring qo`llash va xo`jalik mustaqilligi darajasiga bog`liqdir.

Bozor mexanizmini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doimiy intilib borishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.Shu bilan birga korxonani yakuniy faoliyatiga javobgar shaxslarga qarorlar qa`bul qilishda erkinlik, bozor holatiga qarab maqsad va rejalarni doimiy ravishda o`zgartirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki bozor munosabatlarini tartibga solishda moliya muhim o`rin tutadi. Shu bilan birga moliya iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi zaruriy vosita bo`lib xizmat qiladi. Shuning uchun hozirgi kunda moliyaning iqtisodiy munosabatlarda tutgan o`rni, tabiati va uning harakatlanish yaxshi o`rganish va ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish maqsadida undan to`laqonli foydalaninish va moliyaviy boshqarish usullarini o`rganish alohida ahamiyat kasb etadi.




Download 275.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling