Mavzu: Moliyaviy menejerning moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini boshqarishdagi ahamiyatli jihatlari


II bob. Moliyaviy menejerning moliyaviy resurslarni boshqarishdagi ro`li va zaruriyati


Download 275.24 Kb.
bet8/11
Sana09.01.2022
Hajmi275.24 Kb.
#262577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курсовая работа

II bob. Moliyaviy menejerning moliyaviy resurslarni boshqarishdagi ro`li va zaruriyati.

II.1 Korxonalarda moliyaviy menejmentning tashkil etilishi.

Faoliyat koʻlami, mulkchilik shakllari va faoliyat turlari xilma-xilligiga bogʻliqlikda korxonalar moliyasini boshqarish tizimi yetarli darajada murakkab tuzilmagan ega boʻlishi mumkin.

Korxonalarning moliyaviy resurslarni shakllantirish xususiyatlari va jalb qilish sharoitlari, ularni taqsimlash yoʻnalishlari va metodlari quyidagilarga bogʻliq holda sezilarli darajada farq qiladi:

- korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻlami;

- korxonalar rivojlanishining hayotiy sikl bosqichlari;

- biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqalar.

Faoliyat koʻlami (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi, kapital miqdori, xodimlar soni va boshqalarga koʻra)ni hisobga olgan holda korxonalar yirik, oʻrta va kichik korxonalarga boʻlinadi. Korxonaning katta-kichikligi talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdoriga va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati rang-barangligiga, moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishning tashkiliy shakllariga, shuningdek uning ixtisoslashuv darajasiga bevosita ta’sir koʻrasatadi.

Rivojlanish bosqichlari yoki hayotiy sikl fazalari boʻyicha korxonalar “yangi tashkil etilgan”, “oʻsishda davom etayotgan”, “rivojlanishning yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan toʻxtagan” korxonalarga boʻlinadi. Rivojlanish bosqichlariga bogʻliq holda korxonalar moliyalashtirish boʻyicha turli xil talabga, kapital jalb qilish boʻyicha turli xil imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga ega boʻladi. “Yangi tashkil etilgan” va “oʻsishda davom etayotgan” korxonalarda katta miqdordagi moliyaviy resurslar talab qilinadi. Bunday korxonalar mablagʻ jalb qilish boʻyicha agressiv moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan daromadlarni toʻliqligicha yoki katta qisi biznesga qaytadan reinvestitsiya qiladilar. “Rivojlanishning yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan toʻxtagan” korxonalarda esa moliyaviy resurslarga boʻlgan talab ma’lum bir darajada barqarorlashadi va bu jarayonda ularning katta qismi oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi. Aniq bir korxona rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish va uni hisobga olish korxonalar moliyasini samarali tashkil etish va amalga oshirish imkonini beradi.

Tadbirkorlik faoliyati turli xil tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash kompaniya mulkdorlari va menejerlari tomonidan belgilab olinadigan rivojlanish strategiyasi, investitsiyalarni jalb qilish manbalari va shakllari, daromadlarni taqsimlash va reinvestitsiyalash rejalari, boshqaruv maqsadlari bilan chambarchas bogʻliq.

Milliy va xorijiy tajribada amal qiluvchi biznesni tashkil etish va yuritish shakllari turli xilligiga qaramasdan ular bir xil va quyidagilardan biri sifatida keltirish mumkin:

- yakka egalikdagi korxonalar;

- oʻrtoqlik yoki hamkorlik korxonalari;

- aksiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalar.

Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik faoliyatining asosiy yuridik shakllari oʻrtasidagi eng asosiy farqli jihatlar quyidagilar:

- daromadlarni taqsimlash; - majburiyatlar boʻyicha javobgarlik;

- risklarning taqsimlanishi;

- biznes ustidan nazoratni amalga oshirish;

- mulkchilik huquqining boshqa shaxsga oʻtkazilishi;

- moliyaviy resurslarni jalb qilish qobiliyati.

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yakka egalik nomidan ham koʻrinib turibdiki, korxona bitta shaxsning mulki hisoblanadi. Yakka egalikdagi korxonaning aktivlari, majburiyatlari va daromadlari uning egasigagina tegishli boʻladi. Moliyalashtirish uning egasining oʻz mablagʻlari hisobidan yoki uchinchi shaxsdan olish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Korxonaning egasi oʻz tadbirkorlik sub’ektining barcha majburiyatlari boʻyicha oʻzining mulki bilan javob beradi, barcha risklarni oʻz zimmasiga oladi, ya’ni uning javobgarligi chegaralanmagan.

Oʻrtoqlik yoki hamkorlik asosidagi tadbirkorlik sub’ekti yakka egalikdagi sub’ektdan egalik qiluvchi doiraning kengligi bilan farq qiladi. Hamkorlardan biri oʻz ulushini boshqa shaxslarga qolgan hamkorlar roziligisiz oʻtkazishi mumkin emas. Oʻrtoqlik jamiyatlarini moliyalashtirish oʻz mablagʻlari hisobiga yoki qarz mablagʻlari jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyatlari (korporatsiyalar) boshqa tashkiliy shakllardan farqli ravishda uning egalari (aksiyadorlar) korporatsiyaning majburiyatlari boʻyicha cheklangan javobgarlikka egaligi bilan tavsiflanadi. Aksiyadorlarning javobgarligi belgilangan miqdordagi aksiyalarni sotib olish yoʻli bilan ustav kapitaliga yoʻnaltirgan summa bilan chegaralangan. Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar odatda korxona faoliyatida bevosita ishtirok etmaydilar va moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilmaydilar. Aksiyadorlar tomonidan saylangan Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi) tomonidan yollangan malakali moliyaviy menejerlar moliyaviy boshqaruvni amalga oshiradilar.

Biznesni tashkil etishning aksiyadorlik shakli boshqaruvning va mulkchilikning boʻlinishi sababli qator afzalliklarga ega. Aksiya sifatida taqdim etilgan kapitaldagi ulush aksiyador tomonidan boshqa shaxsga erkin oʻtkazilishi mumkin va shuning uchun ham uning amal qilioʻ muddati chegaralanmagan. Aksiyadorlik jamiyati oʻz kapitalini yangi aksiyalar chiqarish yoʻli bilan oshirishi, buning natijasida uning aksiyadorlari soni yetarli darajada koʻpchilikni tashkil etishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlarida qarz shakldi qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilish imkoniyati boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalardagi nisbatan birmuncha osonroq.

Biznesni tashkil etish shakli sifatida aksiyadorlik jamiyatlari afzalliklarga ega boʻlish bilan bir vaqtda quyidagi qator kamchiliklarga ham ega:

- ta’sis va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonining murakkabligi, qonunchilik tomonidan faoliyatning qat’iy tartibga solinishi;

- ikki marta soliqqa tortishning amal qilishi (aksiyadorlik jamiyati foydasining foyda soligʻiga, dividend koʻrinishidagi daromadlarning yana alohida tartibda soliqqa tortilishi);

- boshqa kompaniyalarning qoʻshib olish imkoniyati yoki aksiyalar nazorat paketini sotib olish natijasida biznes ustidan nazoratning yoʻqotilishi;

- agentlik munosabatlaridagi muammolar va boshqalar.

Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklariga qaramasdan biznesni tashkil etish va yuritishning aksiyadorlik shakli aksariyat oʻrta va yirik korxonalar uchun maqbul va samarali hisoblanadi.

Aksariyat davlatlarda ikki tomonlama soliqqa tortishning yoʻqligi sababli va biznesni tashkil etishning ommabop shakli sifatida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar amal qiladi.

Oʻzbekiston amaliyotida biznesni tashkil etishda xususiy korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, oilaviy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar va boshqa tashkiliy asosdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Xususiy va oilaviy korxonalarda, shuningdek kichik biznes korxonalarida moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi.

Katta boʻlmagan korxonalarda moliyaviy boshqaruv funksiyalari buxgalteriya yoki uning tarkibiy boʻlinmasi hisoblangan moliya yo reja-moliya boʻlimiga yuklatiladi. Natijada moliyaviy faoliyatni umumiy boshqarish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning oʻzida moliyaviy direktor hisoblanadi.

Faoliyat koʻlamini kengaytirib borish chora-tadbirlari natijasida ixtisoslashgan boʻlinmalar soni oʻsishi va ularning funksiyalari kengayib borishi sababli moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib bormoqda. Rivojlangan davlatlardagi oʻrta va yirik korxonalarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar boʻyicha kompaniya vitse-prezidenti tomonidan boshqariladigan maxsus xizmat (moliya departamenti yoki boshqarmasi)ni tashkil etish odatga aylangan. Mazkur xizmat oʻz tarkibiga bir nechta tegishli boʻlinmalarni qamrab oladi. Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining namunaviy tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan (1- rasm).



Korxonaning ichki gʻaznachilik xizmati quyidagi funksional boʻlinmalarga ajratilishi mumkin:

- naqd pul va qisqa muddatli qoʻyilmalarni boshqarish boʻlimi;

- moliyaviy tahlil va rejalashtirish boʻlimi;

- moliyaviy resurslarni jalb qilish boʻlimi;

- investitsiyalarni boshqarish boʻlimi;

- risklarni boshqarish boʻlimi va boshqalar.

Ichki nazorat xizmati esa bevosita quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

- moliyaviy hisob va soliqqa tortish boʻlimi;

- boshqaruv hisobi boʻlimi;

- moliyaviy nazorat boʻlimi va boshqalar.

J.Van Horn fikricha, faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan bo‘linmalar soni o‘sishi va ularning funksiyalari kengayib borishi sababli moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib boradi. Rivojlangan davlatlardagi o‘rta va yirik korporativ tuzilmalarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezident tomonidan boshqariladigan maxsus xizmatni tashkil etilgan. Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni qamrab oladi. Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining namunaviy tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan (2-rasm).



Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruv ierarxiyasida etakchi oʻrinlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar boʻyicha investorlar va biznes egalariga hisobot beradi. Moliyaviy direktorga nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Bu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va oʻz faoliyati boʻyicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi.

Operatsion strategiyalar korxona umumiy strategiyasiga asoslanuvchi, moliyaviy xizmat orqali rejalashtirish jarayonida majburiy tartibda oʻtish talab qilinadigan tegishli xizmatlar doirasida rivojlangan biznes-tuzilmalarda boshqaruv funksional tarzda boʻlinadi. Bu tabiiy ravishda umumiy strategiyani ishlabi chiqish va kuchlarni birlashtirishda moliyani yadroga aylantirmoqda. Shunday ekan moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korxonaning barcha boʻlinmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.

Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har qanday oʻrta va yirik korxonada muhim rol oʻynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning oʻzida uch xil doirada: funksional, korporativ va boshqaruv koʻrinishida amalga oshirilishini ta’kidlash lozim.

Xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur oʻrganishimiz va ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur.

Allaqachon oʻz umrini oʻtab boʻlgan, boshqaruvning sovet davriga xos eski va yaroqsiz rejali-taqsimot tizimi va lavozimlar nomenklaturasidan qat’iy voz kechishimiz, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan tijorat direktori, moliya direktori, mijozlar bilan ishlash va xaridlar boʻyicha loyiha menejeri va boshqa yangi lavozimlarni xalqaro amaliyotga mos ravishda, ularning mansab majburiyati va vazifalarini aniq belgilagan holda, keng joriy etishimiz lozim”.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi (3-rasm).

Tasdiqlangan tuzilmaga asosan moliyaviy ishlar boʻyicha direktor lavozimi joriy etildi. Oʻz navbatida moliyaviy ishlar boʻyicha direktor boshqaruvi ostida bosh hisobchi, gʻaznachilik va moliya xizmati, shartnoma majburiyatlarini boshqarish boʻlimi faoliyat yuritishi belgilab qo’yildi.




Download 275.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling