Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy
Mavzu: Shayboniylar sulolasi vakillarining davlat boshqaruv faoliyatidagi asosiy jihatlari
Download 131.38 Kb.
|
tarix.Saida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shayboniylar sulolasi
Mavzu: Shayboniylar sulolasi vakillarining davlat boshqaruv faoliyatidagi asosiy jihatlari
1510-yil Shayboniyxon afot etgach, Shayboniylar o’rtasida hokimiya tuchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlatiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni to’xtatish uchun sulhga rozi bo’ldilar va Amudaryoning sul qirg’og’idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bo’ldilar. Shayboniyxon vafotidan so’ng shayboniylar davlati taxtini Ko’chkinchixon (1510 — 1530) va o’g’li Abu Sa’id boshqardilar (1530—1533). Maxmud Sultonning o’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533 — 1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab chiqarishga katta e’tibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan g’alaba qozongach, katta o’ljaga ega bo’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxul islomi Mir Arabga topshirdi va bu mablag’lrga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. Shayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bo’lgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534— 1598) edi. 1556 yil jo’ybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlath ududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning sa’y — harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan so’ng hukmronlik qilgan A6dulmo’min va Pirmuhammadxonlar (1599 —1601) davlatni boshqara olmadilar va ularnin go’limidan so’ng shayboniylar sulolasi barham topdi. Shayboniylar sulolasi: 1. Shayboniyxon ibn Budoqsulton (1500— 10) 2. Kuchkunchixon ibn Abulxayrxon (1510 — 30) 3. Abu Sa’id ibn Ko’chkunchixon (1530-1533) 4. Ubaydullaxon ibn Maxmud Sulton (1533 — 39) 5. Abdullaxon I ibn Kuchkunchixon (1539 — 40) 6. Navro’z Axmad ibn Suyunchixon (1540— 1552) 7. Pirmuhammad ibn Jonibek Sulton (1556 — 1561) 8. Iskandar Sulton ibn Jonibek Sulton (1561 —1583 9. Abdullaxon II ibn Iskandar Sulton (1583 — 1598) 10. Abdulmo’min ibn Abdullaxon II (1598 — 1599) 11. Pirmuhammad ibn Sulaymon Sulton (1599— 1601) Sayboniylar davlati o’z mohiyatiga ko’ra yirik davlat bo’lib, oliy hokimiyat cheklanmaga huquqlarga ega bo’lgan davlat boshlig’i xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvida Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyatlar bilan birga ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga xos an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalarig aamal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qo’lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o’rin tutib, ular mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma’muriy boshqaruvni amalga oshirardi. Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog’liq barcha masalalarni hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo bo’lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko’rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilan-gina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi. Ko’kaldosh, Otalik, Naqib, vaziria’zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, no’yon, tug’begi, kutvol, dorug’a, qurchi boshi va boshq aharbiy amaldorlarning fikri va man-faatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, aynan Shayxul-islom, qozikalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta’siri katta bo’lgan. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi. Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo’lida bo’lib, ular ham o’z boshqaruv tizimiga ega bo’lgan. Unga qo’shinga boshchilik qiladigan, shariat qonunlarining to’g’ri bajarilishini nazorat qiladigan, aholidan soliqlarni yig’ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar o’z navbatida kichik ma’muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo’linib idora qilingan. Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo’g’ini oqsoqol (kalontaron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi. Xonlik viloyat (ulus)ga bo’lib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako’l, Miyonkol, SHosh, Turkiston, Farg’ona, O’ra-tepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil topganligi ko’rsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, har-biy yurishlarda o’zini ko’rsatgan o’zbek sultonlari muyassar bo’lgan. Xonlikni chegaralari doimiy bo’lmay tez-tez o’zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan. Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvdagi tutgan o’rni va mavqeiga asosan birn echta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari —shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlar kabilardan iborat fozillar, raiyat ya’ni oddiy fuqaro va kisman qullar. Shayboniy xonlar itomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga olib keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg’ol tizimi eng yaxshi hizmat ko’rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bo’lgan amaldorlar yoki xonxonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag’lubiyatga uchrashida hamt a’sirk o’rsatgan edi. Shuningdek, SHayboniyxon yer egaligi va yer —suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik ta’lim sohasida ham islohotlar o’tkazgan edi. Ta’lim islohotiga ko’ra ta’lim ko’p bosqichli etib belgilandi. Bunga ko’ra bolalar 6 yoshda maktabga, 8 yoshda madrasaga o’qishga o’tganlar. Madrasada o’qish uch bosqichli bo’lib, har bir bosqich 8 yildan davom etgan, Shayboniylardan Quchqunchixon (1515) va Abdullaxonlar ham pul islohoti o’tkazdilar va bu mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilashga olib keldi. Shayboniylarda ham iqtisodiyotning asosini qishloq xo’jaligi, savdo —sotiq, hunarmandchilik tashkil etardi. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling