Мавзу: Муҳит ва экологик омиллар


O‘rmonlarni muhofaza qilish


Download 17.14 Kb.
bet4/4
Sana21.11.2023
Hajmi17.14 Kb.
#1793272
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu.Biologik resurslarning ekologik funksiyalari (3) — копия — копия

4. O‘rmonlarni muhofaza qilish.
  • 1.O‘rmon fondining geografik joylanishini ilmiy asosda o‘rganish O‘rmon fondining geografik joylashishini o‘rganish orqali ma’lum mamlakatning u yoki bu qismida o‘rmon fondi, yog‘och miqdori sifati xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa o’rmonlardan oqilona foydalanishga imkon beradi.
    • Aholisi zich, lekin o‘rmon resurslari kam bo‘lgan Rossiyaning g‘arbi va janubi-dagi o‘rmonlar ko‘p kesilsa, o‘rmonlar serob bo‘lgan aholisi siyrak Sibir, Uzoq Sharq, Yevropaning shimolidagi o‘rmonlar kam kesiladi.
    • 2. Yog‘och tayyorlash va qayta ishlashda nobudgarchilikka qarshi kurashish tadbirlari – o‘rmonlarni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Chunki bunda o‘rmon sanoat ob’ektlarini xom ashyoga yaqinlashtiriladi va ulardan kompleks holda foydalanadigan kombinat tashkil etiladi,
    • natijada ko‘plab chiqindilar chiqimiga chek qo‘yadi va bir yo‘la kesilgan o‘rmonlar o‘rniga yangi nihollar ekish imkonini beradi. Karpatda tashkil qilingan o‘rmon xo‘jaligi bilan o’rmon sanoat xo‘jaligini birlashtiruvchi sanoat kombinat birlashmasi misol bo‘ladi. Birlashmada kesilgan daraxtlar o‘rniga yangi nixollar ekish, kombinatni uzluksiz ishlashiga imkon berishdan tashqari, ilgari bekorga isrof bo‘ladigan chiqindilardan (shox-shabbalardan,) har xil plitalar, karton, dorilar, chorvachilik uchun achitqilar va boshqalar ishlab chiqarmoqda.
    • 3. O‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va muxofaza qilishda Rossiyaning shimolida va Sibirda joylashgan ba’zi aholi punktlarida undan yoqilg‘i va qurilish materiali sifatida foydalanishni tartibga solish choralari muhim ahamiyatga ega.
    • 4. Yosh nihollarni nobud bo‘lishini oldini olish o‘rmon resurslarini muxofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. unda eng avvalo hali yetilmagan yosh o‘rmonlarni betartib kesishga chek qo‘yish uchun yangi yilda archa bayramlarini o‘tkazishni tartibga solish kerak.
    • Chunki katta shahar atroflarida el va oq qarag‘aylardan tashkil topgan o‘rmon palasalarini yangi yil arafasida yashirincha kesib ketish hollari tez-tez uchrab turibdi. O‘simliklarni bekorga nes-nobud bo‘lishida bahorda shaharliklarni uyushtiradigan sayllari ham sabab bo‘lmoqda. Chunki dam olishga chiqqanlarning chiqqanlarning ko‘pchiligi gullagan yosh nihollarning shoxini sindirib «guldasta» yasab, shaharga qaytiladi.
    • 5. O‘rmonlardan planli ravishda va oqilona foydalanib, uni muxofaza qilib, qayta tiklab, hosildorligi oshirib borilsa, o’rmon xo‘jaligiga zarar yetkazmasdan har yili 1500 mln m 53 0 yog‘och kesib tayyorlash mumkin.
    • 6. O‘rmon uchun yong‘in falokatli xodisadir. Yong‘indan so‘ng, tabiiy holda asosan sifati past tog‘ terak, olxa kabi daraxtlar ko‘proq o‘sib chiqadi, sifatni igna bargli daraxtlar esa juda katta zarar ko‘radi.
    • 7.O‘rmonlarni zararkunandalarlardan va kasallanishdan saqlash.
    • Zararkunandalarlardan va har xil kasalliklardan saqlash maqsadida quyidagi tadbirlar, choralar ko‘rilmoqda. 1)O‘rmon xo‘jalik tadbirlari. unda daraxtlar orasidagi kasalliklarni o‘z vaqtida yo‘qotib, kasallanganlarini yo‘q qilish kabilar ko‘riladi. 2)Mexanik metodi – zararkunandalar va xashoratlarni rivojlanishning har xil fazasida ularning to‘plab mexanik yo‘l bilan ularning uyalari tozalab olinadi.
    • 3)Ximiyaviy ko’rash metodi bilan zararkunandalarlarni tez hamda katta territoriyada yo‘q qilinadi va arzonga tushadi.
    • 4)O‘rmon zararkunandalariga va kasallanishga qarshi kurashishga eng muhim va zararsiz chora tadbir biologik kurashdir. O‘rmon resurslarini zaharli ximiyaviy moddalar va changlardan muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun korxonalardan chiqayotgan chang va gazlarni zararsizlantirish, undan xo‘jalikda qayta foydalanishni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
    • 6.Yaylov va o‘tlarni muxofaza qilish. Yaylov –bu hayvonlar uchun ozuqa hisoblangan xilma-xil o‘simliklar tabiiy xolda o‘suvchi territoriyadir. O‘tloqlar xayvonlar uchun ozuqa manbai bo‘lib, qishga ham yem-hashak g‘amlab qo‘yiladi. Yer sharida yaylov va o‘tloqlar tuproq tundra o‘rmon (hosildorligi gektariga 10,5 s), o‘rmon-dasht (10,3s) dasht (6,3 s) chala cho‘l, cho‘l zonalarida (2,2-4,4 s), savannalarda va tog‘li rayonlarda tarqalgan.
    • Yer sharida o‘tloq va yaylovlar ko‘proq Afrikada(822 ming ga) Okeaniyada (463 ming ga) Amerikada (775 ming) joylashgan.
    • Yaylov va pichanzorlardan ba’zan noto‘g‘ri foydalanish natijasida sifati pasayib bormoqda. Chunki ba’zi xo‘jaliklarda mollarni yaylov qonun qoidalariga rioya qilmasdan, doim bir territoriyada aylantirib boqilish sababli uning xosildorligi kamayib ketmoqda.
    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !

    Download 17.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling