Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari
KO‘P UKLADLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH
Download 355.38 Kb.
|
MAVZU
KO‘P UKLADLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy shakllari hamda qoidalari Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, xo‘jasizlikni bartaraf etish va aniq egalikni qaror toptirish O‘zbekistonda islohotni yanada rivojlantirishning bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanadi. Unda mulkchilikning barcha turlari davlat, kommunal, jamoat (shu jumladan, diniy tashkilotlar) mulki va xorijiy mulklar uyg‘unlashadi. Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik qoidalari ustunlik qiladi, islohotni sun’iy ravishda amalga oshirishga yoki susaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni qayta o‘zgartirish iqtisodiy islohotning yangi bosqichidagi xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mayda obyektlar uchun ko‘proq mulkchilikning xususiy shakli va mas’uliyati cheklangan jamiyat, o‘rtachalari uchun mas’uliyati cheklangan va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yiriklari uchun ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tavsiya qilinadi. Ular uchun mulkchilikning tavsiya etilayotgan shaklini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamlari, tarmoq xususiyatlari, ishlovchilar soni, asosiy fondlar qiymati, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va boshqa obyektlar bilan aloqalar hisobga olingan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, respublika darajasidagi tarmoq boshqaruvining mavjud organlari va ularning mintaqaviy (viloyat) bo‘g‘inlari ham o‘zgartiriladi. Respublika tarmoq, davlat va nodavlat konsernlari, ularning mintaqaviy bo‘linmalari ma’muriy buyruqbozlik tuzilma sifatida ixtiyoriy asosda tuziladigan ittifoqlar va uyushmalarga (ittifoq yoki uyushma har bir a’zosining ulardan chiqish huquqi bilan) aylantirilishi kerak. Ittifoq yoki uyushma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida yoki o‘z muassislarining ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organ. Obyektlarni xususiylashtirish shartlari ham ular faoliyatining ko‘lami va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asosan savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi obyektlar, qoidaga ko‘ra, kimoshdi savdosida yoki tanlov asosida sotiladi. Bu boshqa tarmoqlarning mayda va ba’zi o‘rtacha obyektlariga, hajmidan qat’i nazar, tugallanmagan qurilish obyektlariga (agar balans egasida qurilishni tugallash uchun mablag‘ yo‘q yoki yetarli bo‘lmasa) ham taalluqlidir. Obyektlarni tanlov bo‘yicha sotishda yangi mulkdor tomonidan tavsiya etiladigan eng foydali xarid shart-sharoitlari g‘olibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, tovar (ish, xizmat)larning yangi turlarini o‘zlashtirish; ish joylari sonini saqlab qolish yoki ko‘paytirish; infrastrukturani rivojlantirish; taqdim etilgan tadbirkorlik rejasiga muvofiq keluvchi boshqa shart-sharoitlar. Ayrim tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning respublika iqtisodiy imkoniyatlariga hamda davlat buyurtmasining bajarilishiga qo‘shgan hissalarini hisobga olib, quyidagilar nazarda tutiladi: Ustav sarmoyalarini har bir holatda Davlat mulki qo‘mitasi taqsimlaydi, bunda ma’muriyatga ko‘pi bilan aksiyalarning 5 foizi beriladi, ma’muriyat deyilganda rahbar, uning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar (shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar darajasida) tushuniladi; aksiyalarning asosiy qismini fond birjalarida, shu jumladan, xorijiy xaridorlarga sotish; aksiyalarning davlatga tegishli qismini xarid qilish bo‘yicha shu korxonalar negizida oldin tashkil etilgan jamiyatlar aksionerlarga imtiyozlar bermaslik; aksiyalarni turdosh va bevosita aloqada bo‘lgan korxonalar sirasiga kiruvchi davlat yuridik shaxslarga sotish. Ayrim hollarda Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy xaridorlarga ustav sarmoyasining 100 foizini sotishi mumkin. Davlat ulushi hisoblangan aksiyalar va erkin savdoda sotib olinmagan aksiyalar maxsus (aksionerlik jamiyatlari tarzida) tashkil etilgan mulkiy fondlarga beriladi. 1994-yilda keng tarmoqli infrastrukturasi, vakolatli shirkatlari va boshqa nodavlat vositachilari bo‘lgan Xoldinglar, investitsiya fondlari va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Xolding kompaniyalari aksionerlik jamiyatlarini, mulkchilikning jamoa shakllaridagi korxonalarni, mas’uliyati cheklangan xususiy oilaviy jamiyatlarni, tijorat, qo‘shma, kichik hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mulkchilikning turli shakllaridagi boshqa korxona va tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan tashkil etiladi. Xolding kompaniyalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan kiritiladi. Xolding kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan boshqarib boriladi. Konsalting firmalarining tashkil etiladigan tarmoqlari korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlashni, bo‘lg‘usi investorlarni korxonalar faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari bilan tanishtirishni, xaridorlar bilan yuridik va moliyaviy bitimlar loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradilar. Ko‘rlar, nogironlar, xalq badiiy hunarmandchiligi jamiyatlarining iqtisodiy negizini mustahkamlash maqsadida ular tomonidan qayta o‘zgartirilgan korxonalar mulkidagi davlat ulushini aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasiga imtiyozli yoki tekinga berish nazarda tutiladi. Keng ko‘lamli xususiylashtirishda xorijiy investorlarning ishtirok etishini rag‘batlantirish uchun ularga singan korxonalarning aksiyalarini, aktivlarini raqobatli savdolarda, ko‘chmas mulklarni kimoshdi savdosida sotish, tenderlarda, kimoshdi savdolarida qatnashishlari, davlat korxonalarini to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalash, konsessiyalar berish, xorijiy sarmoyani 100 foiz jalb etgan holda korxonalar qurish va shu kabilar ko‘zda tutiladi. Download 355.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling