Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari


Download 355.38 Kb.
bet2/10
Sana21.04.2023
Hajmi355.38 Kb.
#1374321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU

UMUMIY QOIDALAR VA USTUVORLIKLAR Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo‘jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o‘tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog‘i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi.
Respublikada o‘tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi.
Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan.
Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga, oldingi yillarda o‘tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo‘lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi. Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish;
monopol ishlab chiqarish xo‘jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish;
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta’minlash;
ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish; oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish.
Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir: qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirgan va ayni vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirgan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga aholini keng jalb qilish;
ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish, shu jumladan, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qurilish obyektlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan bunday bozorni shakllantirish;
xususiylashtirish jarayoniga ulgurji savdo korxonalarini jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil qilish, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish;
shakllangan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni cheklash tatbiq etiladigan korxonalar sonini qisqartirish;
tenderlar va kim oshdi savdolari, investitsiya savdolari o‘tkazish, shuningdek, mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘risotish orqali xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish; korxonalarning xususiylashtirishdan keyingi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Barcha davlat mulki obyektlari ikki guruhga bo‘linadi:
davlat tasarrufidan chiqariladigan, xususiylashtiriladigan obyektlar;
xususiylashtirish taqiqlangan obyektlar.
Obyektni ushbu guruhlardan biriga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
obyektlarning tarmoq mansubligi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati;
davlat mulkini saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi.
O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki bo‘lgan obyektlar yer (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), uning qazilma boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarix va madaniyat yodgorliklari, respublikaning suverenitetini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi davlat budjeti mablag‘lari, respublika sug‘urta jamg‘armalari, korxonalar va mulkiy fondlar, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanadigan muassasalar xususiylashtirilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar reyestri har yili O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi va aholiga ma’lum qilinadi.
Mazkur Dastur vazifalarining og‘ishmay bajarilishi 1994-1995-yillardagi iqtisodiy islohotning hal qiluvchi omili hisoblanadi, respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy bozorni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyotini barpo qilishda moliya bozori eng muhim ahamiyatlardan birini kasb etadi. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, bu jarayonda fuqarolarning shaxsan ishtirok etishlarini ta’minlash uchun aholi hamda korxonalarning band bo‘lmagan mablag‘larini safarbar qilishning yangi mexanizmi zarur bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning mahalliy mintaqaviy bozorlarini yagona tizimga uyushtirish, ularning tuzilmalarini bu tizim doirasida uyg‘unlashtirish, ro‘yxatga olish, qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish, hisobga olish va hisobotning yagona qoidalarini qaror toptirish har bir investorga respublikadagi istalgan emitentning o‘ziga zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishini ta’minlaydigan yagona axborot makonining yaratilishini talab qiladi. Bularning barchasi oqibat natijada qimmatli qog‘ozlar bozoridagi narxlarning barqarorlashuvini, talab va takliflar muvozanatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida fondlarning umumrespublika integratsiyalashgan tizimi va ko‘chmas mulk birjasining tarmoqlangan mintaqaviy infrastrukturasi, davlat nazorati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayonlari bilan qatnashishi zarurdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni bartaraf etishning ijobiy imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi huzurida O‘zbekiston umumdavlat axborot-telekomunikatsiya fondi tizimi (UUTFT)ni shakllantirish nazarda tutilgan. Tizim qimmatli qog‘ozlarning likvid (naqd pulga aylantiriladigan) bozorini ta’minlashi, emitentlarga samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni qisqa muddatlarda jalb qilishlariga, investorlarga esa o‘z mablag‘larini foydali tarzda joylashtirishlariga imkoniyat yaratishi kerak. Fond bozorining qatnashchilari emitent va investorlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishdan tegishli daromadlarni oladilar. Bu ulkan axborot tizimi elektron aloqa yordamida respublikaning viloyatlari, yirik shaharlarini bir-birlari bilan bog‘lashi, bitimlar tuzish vaqtida emitentlar, moliyaviy aktivlar oldi-sotdisining narxlari va hajmlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi kerak.

Download 355.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling