Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari


Download 355.38 Kb.
bet5/10
Sana21.04.2023
Hajmi355.38 Kb.
#1374321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH USULLARI Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi. Davlatning barcha korxonalari xususiylashtirish usuliga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi:
birinchi guruh iqtisodiyot barcha tarmoqlarining ishlovchilar soni 150 kishigacha bo‘lgan, asosan kimoshdi savdolari, tanlovlar yoki birja savdolarida sotiladigan mayda korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish usuli to‘g‘risidagi qaror Davlat mulki qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi shartdir;
ikkinchi guruh, Dasturning nazarda tutilgan istalgan usulda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan qolgan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish obyektini sotish to‘g‘risida axborot bildirishi e’lon qilingunga qadar xususiylashtirishning tarmoq va mahalliy dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.
Xususiylashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish nazarda tutiladi:
xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish;
–– davlat korxonalarini ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish va ularning aksiyalarini belgilangan tartibda sotish;
–– aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish;
–– ishlab turgan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar mol-mulki (aktivlarni, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarni birja savdolarida, kimoshdi savdolarida va tanlov bo‘yicha sotish;
–– davlat mulki hisoblangan ulush (pay, aksiya)larni kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha, shu jumladan, qatnashchilarning tarkibi cheklangan tanlov bo‘yicha sotish.


Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish. Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi:
davlatga tegishli;
mehnat jamoalariga tegishli;
xorijiy sherikka tegishli;
fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar. Davlat va mehnat jamoalari aksiyalari paketining ulushi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki tekinga olingan har qanday aksiyalarni mulkdor qonunchilik doirasida cheklashlarsiz sotishi mumkin. Qo‘shimcha (ikkilamchi) emissiya va aksiyalarni tarqatish aksionerlik jamiyatlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirish obyektlari xususiy mulk qilib sotib olinishi xaridorlardan xususiylashtirilayotgan obyektga nisbatan qandaydir shartlarni bajarish talab qilingan hollarda tanlov bo‘yicha sotish hisoblanadi. Tanlov shartlari O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini tanlov bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Kimoshdi savdosida (tanlov bo‘yicha) xususiylashtirilgan davlat korxonalarining egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bu korxonalar egallab turgan hamda ular xarid qilgan mulk tarkibiga kirmagan odamlar yashamaydigan xonalar, binolar, imoratlarni ijaraga olish bo‘yicha uzoq muddatli (10 yilgacha bo‘lgan muddatga) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xonalar, binolar, imoratlarning ijara shartnomalarini ilgari tuzilganlarga nisbatan o‘zgartirishga faqat tomonlarning kelishuviga ko‘ra, agarda shartnoma shartlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasining xususiylashtirilgan obyektlari egalari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar. Korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) kimoshdi savdosida va Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasida hamda uning filiallarida Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq sotiladi. Ishlab turgan davlat korxonalarining mol-mulkini (aktivlarini) sotish faqat Davlat mulki qo‘mitasining ruxsati bilan u belgilagan tartibda sotiladi.
Tugallanmagan qurilish obyektlari aktivlarini xususiylashtirish:
bu obyektlarning aktivlarini birja savdolarida, kimoshdi savdolarida, tanlov bo‘yicha sotish yo‘li bilan, keyinchalik aksiyalar sotiladigan davlat sarmoyasi 100 foiz bo‘lgan ochiq aksionerlik jamiyati ta’sis etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan qurilish obyektlarining aktivlarini sotishdan olingan pul daromadlarini taqsimlash Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika fond birjasi Respublika fond birjasi bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilishni ta’minlash, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, xorijiy investorlarga davlat mulkini hususiylashtirish jarayonida bevosita qatnashish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar birjaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning bozor narxlarini aniqlash va ular to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli ravishda tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining malakasini yuqori darajada tutish;


4Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk boʻlmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni D.t.ch. (yoki xususiylashtirish) davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boʻladi. SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishda D.t.ch. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bosh yoʻnalish sifatida tanlandi. Oʻzbekistonda mulkni D.t.ch. iqtisodiy islohotlar borasidagi dastlabki qadamlardan biri boʻldi. Samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida davlat mulkini D.t.ch.ning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilab berildi va ular OʻzRning "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida" (1991-yil 19 noyabr.), "Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida"gi (1991-yil 15 fevral) qonunlarida va ular asosida chiqarilgan boshqa qonun hujjatlarida oʻz aksini topdi. Mamlakatdagi mavjud davlat mulki obʼyektlari toʻliq yoki qisman davlat tasarrufidan chiqarilishi (yoki xususiylashtirilishi) mumkin. Oʻzbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari, tarixiy yodgorliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat oʻz tasarrufidan chiqargan xoʻjalik subʼyektlari faoliyatiga aralashmaydi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar ularga xoʻjalik faoliyati olib borish uchun teng ququqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib beradi (qarang Davlat mulkini xususiylashtirish). Korxonalar oʻz faoliyatini va istiqbol rejalarini mustaqil rejalashtiradi, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot yetkazib beradi.




5TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORALARI
Xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun davlat quyidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi;
maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etadi;
xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni jamlaydi va ulardan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturini qo‘llab-quvvatlashda foydalanadi;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni korxona ularni texnika bilan qayta jihozlashga va asosiy fondlarni yangilashga yo‘naltiradi;
xalq xo‘jaligining birmuncha qulay tartibda davlat tasarrufidan chiqariladigan ustuvor tarmoqlarini aniqlaydi;
barqaror xo‘jalik aloqalariga ega bo‘lgan millatlararo kompaniyalar, birlashmalar va tuzilmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
bojxona to‘lovlarini va soliqlarning ba’zi turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, kvotalash hamda litsenziyalash hajmlarini kamaytirish tarzidagi turli imtiyozlarni aniqlaydi, belgilaydi va hokazo;
tadbirkorlarni huquqiy va iqtisodiy himoya qilishni kafolatlaydi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabr 475-sonli qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan)

Download 355.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling