Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
Download 103.74 Kb.
|
11. мавзу (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari.
Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan, «mustaqillik davr talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir».
Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir». Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar. Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda xususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas». Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi». Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak. Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi». Download 103.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling