Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish


Induktiv xulosa chiqarishda


Download 103.74 Kb.
bet7/15
Sana30.04.2023
Hajmi103.74 Kb.
#1412002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
11. мавзу (4)

Induktiv xulosa chiqarishda fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida analogiya bo’yicha xulosa chiqariladi.
1. Deduktiv xulosa chiqarish.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
1) Bevosita deduktiv xulosa chiqarish. Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni hosil qilish bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushohadalar qayta ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo’lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo’lgan yangi fikr - xulosa bo’lib hisoblanadi.
Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi.
Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi: a) almashtirish orqali xulosa chiqarish b) aylantirish orqali xulosa chiqarish v) predikatga qarama-qarshi qo’yish g) mantiqiy kvadrat .
a) Almashtirish shunday mantiqiy usulki, bunda asos bo’lgan hukmning sub’ekti (S) xulosaning predikatiga (R), uning predikati (R) esa xulosaning sub’ekti (S) ra almashtiriladi. Bundan fikrning mazmuni o’zgarmay qoladi. Masalan: Guruhimizning ayrim talabalari (S) — a’lochi (R). Demak, ayrim a’lochilar (S) — guruhimiz talabalari (R).
Almashtirish chiqarilgan xulosaning aniq bo’lishini ta’minlaydi. Almashtirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan juz’iy tasdiq (J) ni hosil qilish mumkin. Masalan: Respublikamizning barcha viloyatlari davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardilar. Demak, Toshkent viloyati ham davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Berilgan xulosani quyidagi sxemaga solish mumkin:
Barcha S — R (A)
Demak, ayrim S — R (J) Shuningdek, almashtirish natijasida umumiy inkor hukm (E)dan umumiy inkor hukm (E)ni, umumiy tasdiq hukm (A)dan umumiy tasdiq hukm (A)ni hosil qilish mumkin,

Download 103.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling