Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish
Download 103.74 Kb.
|
11. мавзу (4)
2) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish. Birdan ortiq asosdan yangi fikrni hosil qilish mantiqiy uslubi bilvosita xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bilvosita xulosa chiqarish jarayonida inson fikri umumiylikdan yakkalikka, yakkalikdan umumiylikka, juz’iylikdan juz’iylikka qarab borishi mumkin, Shunga ko’ra xulosa chiqarish uch yo’lda amalga oshiriladi:
1. Deduktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri umumiylikdan yakkalikka qarab boradi. 2. Induktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri yakkalik, juz’iylikdan umumiylikka qarab boradi. 3. Analogiya vositasida xulosa chiqarish. Bunda inson fikri juz’iylikdan juz’iylikka qarab boradi. Bilvosita xulosa chiqarishning muhim turlaridan biri — deduktiv xulosa chiqarish hisoblanadi. Deduktiv xulosa fikrimizning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarish nazariyasi buyuk yunon faylasufi Arastu (384-322) tomonidan ishlab chiqilgan. Aristotel qalamiga mansub «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika» kitoblarida sillogizm ta’limoti asoslab berilgan. Bilvosita deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi sillogizm hisoblanadi. Sillogizm grekcha “syllogismos” so’zidan olingan bo’lib, sanash orqali xulosa chiqarish, degan ma’noni ifodalaydi. Ikki qat’iy hukmning bog’lanishi asosida chiqarilgan xulosa sodda qat’iy sillogizm, deb yuritiladi. Sodda qat’iy sillogizm 3 qismdan iborat bo’ladi: a) katta asos; b) kichik asos; v) xulosa. Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi: Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega. O’zbekiston — mustaqil davlat. ----------------------------------------------------------- Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega. Berilgan misoldagi birinchi fikr («Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega») — katta asos. Unda umumiy fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O’zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. Uchinchisi — asoslardan kelib chiqqan xulosa («Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega»). Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi. Bular: Katta termin - R Kichik termin - S O’rta termin - M Katta (R), o’rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin (R) deb sillogizmda katta asos tarkibiga kiruvchi va xulosada predikat vazifasini bajaruvchi terming aytiladi. Kichik termin (S) deb sillogizmda kichik asos tarkibiga kiruvchi va xulosa sub’ekt bo’lib keluvchi terminga aytiladi. O’rta termin (M) deb sillogizmda katta asosni kichik asosga bog’lovchi, biroq xulosada ishtirok etmaydigan terming aytiladi. Sodda - qat’iy sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin: Katta asos: Barcha davlatlar o’z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor. Kichik asos: O’zbekiston — davlat. Xulosa: Demak, O’zbekiston o’z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor. Mazkur sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: Barcha M — R dir. S — M dir. Demak, S — R dir. Sillogizm xulosasi: a) katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi. XVII - XIX asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdilar Avaz O’tar o’g’li — XIX asr ziyolisi. Demak, Avaz O’tar ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. b) kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: Suv — jism Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan. Demak, suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan. v) Ayrim o’rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin. Masalan: Baliq jabra bilan nafas oladi. Baliq — hayvon. Demak, ayrim hayvonlar jabra bilan nafas oladi. Download 103.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling