Sodda sillogizm. Sodda sillogizm 3 qism (katta asos, kichik asos, xulosa) hamda 3 termin (R, M, S) dan iborat bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda sodda sillogizmlar har doim ham to’liq holda ham uchrayvermaydi. Aksari hollarda sillogizmlarning sodda qisqartma shakllari uchraydi.
Sodda qisqartma sillogizmlar mantiqda entimema deb yuritiladilar. Entimema – asoslardan biri yoki xulosasi qoldirib ifoda etilgan sillogizm. Masalan:
Bu baliq - akula.
Demak, bu baliq - yirtqich.
Bu misolda katta asos (Ayrim baliqlar – yirtqich) tushurib qoldirilgan.
Murakkab sillogizm.
Murakkab sillogizm mantiqda polisillogizm deb yuritiladi. Polisillogizmlar ikki va undan ortiq sodda sillogizmlardan tashkil topadi. Masalan: Sport sog’liqni mustahkamlaydi.
Gimnastika – sport.
Demak, Gimnastika sog’liqni mustahkamlaydi.
Ritmik gimnastika – gimnastika.
Ritmik gimnastika - sog’liqni mustahkamlaydi.
Pollisiologizmning 2 turi mavjud:
a) Progressiv polisillogizm
b) Regressiv polisillogizm.
a) Progressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizmning xulosasi yangi sillogizm uchun asos vazifasini bajaradi.
Masalan: San’at qalbni davolaydi.
Teatr – san’at
Demak, teatr - qalbni davolaydi.
Drammatik teatr – teatr.
Demak, Drammatik teatr qalbni davolaydi.
b) Regressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizm xulosasi kichik asos vazifasini o’taydi.
Masalan: Chinor – daraxt
Daraxt - o’simlik.
Chinor - o’simlik
O’simlik – organizm
Chinor – organizm
Organizm – parchalanadi.
Chinor parchalanadi.
Murakkab sillogizmlar a) epixeyrema va b) soritlar shaklida namoyon bo’lishi mumkin.
a) Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan iborat bo’ladi. Masalan:
Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik.
Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi.
Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq
Do'stlaringiz bilan baham: |