Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish


Download 103.74 Kb.
bet8/15
Sana30.04.2023
Hajmi103.74 Kb.
#1412002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
11. мавзу (4)

b) Aylantirish orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog’lovchi o’z qarama-qarshisiga aylanadi,
Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qarama-qarshi fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: Har qanday jinoyat jazolanmog’i lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas.
Sxemasi: S — R dir.
Demak S — R emasdir .
Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan umumiy inkor (E), Juz`iy tasdiq hukmdan (J) juz’iy inkor (O) mushohada hosil qilinadi,
Masalan: Hamma bosqinchilik urushlari — adolatsiz.
Demak, Hamma bosqinchilik urushlari — adolatli emas.
Sxemasi: Har bir S — R dir.
Demak, hech bir S — R emasdir.
Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko’rinishi mavjud:
1) Sodda aylantirish
2) Cheklash orqali aylantirish.
Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan teng bo’ladi.
Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir
Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinadi.
Masalan: Barcha planetalar — sharsimon.
Demak, Yer - sharsimon.
v) Predikatga qarama-qarshi qo’yish. Bunda xulosaning sub’ekti asosning predikatiga, xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo’ladi.
Masalan; Hamma talabalar bilimga chanqoq.
Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo’lmasligi mumkin emas.
Formulasi: A - Barcha S-R dir,
Demak, O - Ayrim S-R emasdir.
Mantiqiy kvadrat bo’yicha A-O hamda E-J zid, ya’ni kontradiktor hukmlar hisoblanadi va uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg’onligi kelib chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas.
Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J).
Sudning hech bir qarori oqlamayli (E). Xulosani mantiqiy kvadrat bo’yicha chiqarish mumkin. Mushohadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat bo’yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi.
Ma’lumki, mushohadalar orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo’ysunish munosabatlari mavjud.
A-E hamda J-O mushohadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud. Bunda bir hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar reyting ballarini to’playdi.
Ayrim talabalar reyting balini to’play olmaydi.
Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo’lishi mumkin.
A-J hamda E-O hukmlari bo’ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (E) hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinishi mumkin.

Download 103.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling