Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish


Download 103.74 Kb.
bet5/15
Sana30.04.2023
Hajmi103.74 Kb.
#1412002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
11. мавзу (4)

Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi».
SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Muhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va munosabatlarni ifodalovchi bir yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi bilim (fikr) ni hosil qilishning mantiqiy usuli xulosa chiqarish deb yuritiladi. Xulosa chiqarish asosida mantiq qonun-qoidalariga tayangan holda ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimdan yangisiga o’tish yotadi. Xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab qilinadi. Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish shart emas. Mavjud narsalar haqida qo’lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin.
Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar orasidagi sabab – oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat sababiy bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar pastlab uchyapti, demak, ertaga ob-havo o’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik. Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo o’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. Aslida bu fikr chuqur tahlil qilinsa, «ob- havoning o’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o’zgacha ekanligini bilish mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi ma’lum bo’ladi: Qaldirg’ochlarning past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular havodagi namlikning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar bilan oziqlanadi. Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning namligi oshganligidan xabar bermoqda. Bu o’z navbatida, qaldirg’ochlarni past uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-havoning o’zgarishi qaldirg’ochlarning past uchishidan emas, balki atmosferadagi o’zgarishdan, havodagi namlikning ortishidan kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham agar xulosalar vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa munozara, bahsga sabab bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy yo’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan xulosa orasida nisbiy barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, munosabatlar mantiq qonun-qoidalari asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa

Download 103.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling