Mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
Download 103.74 Kb.
|
11. мавзу (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sillogizm moduslari.
- Sillogizmlarning asosiy turlari.
Sillogizm figuralari. Sillogizm xulosasidagi o’rta terminning joylashuviga qarab o’zaro, bir-biridan farqlanadigan shakllari sillogizm figuralari deb yuritiladi.
Mantiq ilmida sillogizmning 4 figurasi asoslab berilgan. Bular: a) Sillogizmning birinchi figurasi b) Sillogizmning ikkinchi figurasi s) Sillogizmning uchinChi figurasi d) Sillogizmning to’rtinChi figurasi a) Sillogizmning birinchi figurasida o’rta termin M katta asosning sub’ekti va kichik asosning predikati vazifasida keladi, hamda asoslarni bir-biriga bog’laydi. b) Sillogizmning ikkinchi figurasida o’rta termin M katta va kichik asosda predikati vazifasida keladi va ularni bir-biriga bog’laydi. c) Sillogizmning uchinchi figurasida o’rta termin M har ikkala asosning sub’ekti hisoblanadi va asoslarni bir-biriga bog’laydi. d) Sillogizmning to’rtinchi figurasida o’rta termin M katta asosning predikati va kichik asosning sub’ekti bo’lib keladi hamda ularni o’zaro bog’laydi. Sillogizm moduslari. Sillogizm moduslari deganda sillogizmning har bir figurasi doirasida chiqariladigan xulosalarning turlari nazarda tutiladi. Sillogizm tarkibidagi mushohadalarning mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi. Sillogizmning har bir figurasi doirasida 64 tagacha modus bo’lishi mumkin. Moduslar sillogizm xulosasi tarkibiga kirgan mushohadalar turi bilan belgilanadi. Masalan: Sillogizmning bir figurasining modusi A tarzida bo’lishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, sillogizmning har 3 qismi (katta asos, kichik asos, xulosa) umumiy tasdiq (A) mushohadadan iborat. Sillogizmlarning asosiy turlari. Xulosa uchun asos bo’lgan mushohadalar mohiyatiga ko’ra sillogizm xulosalari uch turkumga bo’linadilar: 1. Qat’iy sillogizm. 2. Shartli sillogizm. 3. Ayiruvchi (bo’linuvchi) sillogizm. 1. Qat’iy sillogizmda asoslar qat’iy mushohadadan iborat bo’ladi. Masalan: Metall issiqlik o’tkazadi. Mis - metall Demak, mis issiqlik o’tkazadi. 2. Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan iborat sillogizm shartli sillogizm deb yuritiladi. Masalan: Teraklarning barglari uchidan sarg’aysa, qish qattiq keladi. Teraklarning barglari uchidan sarg’aydi Demak, qish qattiq kelishi mumkin. 3. Asoslardan bir ayiruvchi (bo’lingan) mushohadadan iborat bo’lsa, ayiruvchi (bo’lingan) sillogizm hosil bo’ladi. Masalan: Burchaklar yo o’tkir, yo o’tmas, yo to’g’ri bo’ladi. Bu - to’g’ri burchak. Demak, Bu - na o’tkir, na o’tmas burchak emas. Sillogizm tuzilishiga ko’ra: sodda, murakkab, murakkab - qisqartma turlarga bo’linadi. Download 103.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling