Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Download 172.64 Kb.
bet12/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Munozara janri
Munozara:
1) bahs, fikrlar tortishuvi;
2) mumtoz adabiyotda keng tarqalgan janr. Fikrlar kurashi shaklida yozilgan badiiy asar. Munozarada turli narsa, hodisa, tushuncha, holat va boshqalar konfliktga kirishadi. Obrazlar koʻpincha ramziy mohiyat kasb etib, munozara qiladilar. Baʼzan Munozara da maqtov (pane-gerik) qism ham boʻladi. Unda mazkur asarni yozishga turtki bergan odam maqtaladi. Ammo bu hamma asarlarda ham boʻlavermaydi. Munozaraning qissadan qissa chiqarish yoki muallifning muayyan masala haqidagi xulosasi bilan tugallangan shakllari ham boʻladi. Asadi Tusiyning (11-asr) "Kecha va kunduz munozarasi", "Nayza va yoy munozarasi", Ami-/shyning "Bang va Chogʻir orasidagi munozara" (15-asr), YaqiniRtnnt "Oʻq va yoy orasidagi munozara" (15-asr). Fuzuliyning "Bangu boda", "Sihat va maraz" asarlari Munozaraning namunalaridir. Hozirgi zamon oʻzbek sheʼriyatida ham bu janrda asarlar yaratilgan (Sulton Joʻra, "Tinish belgilar majlisi").[1]
Maqola badiiy adabiyotda munozara janrining taraqqiy etish tadriji
va takomiliga bag‘ishlangan. Shuningdek, munozara so‘zining ma’nosi
va u qanday vazifani bajaradi, adabiyotshunoslikda o‘rni qanday degan
savollarga javob beradi. Munozara atamasining izohli hamda ensiklopedik
lug‘atlarda qanday ma’nolarda kelishiga qarab ular turlarga ajratib
izohlangan.
Olimlarning munozara janriga bildirgan fikrlari umumlashtirilib
yaxlit xulosaga kelingan. Maqolada, shuningdek, munozaraning yaratilish
tarixi yoritilgan. G‘arb va sharq xalqlari adabiyoti qiyosiy o‘rganilib,
mulohazalar ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Ya’ni munozara ilk yozuv
paydo bo‘lgan Mesopotamiya svilizatsiyasi Shummer-akkad davrdan
to hozirgi kunga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani to‘g‘risida ilmiy
dalillar asosida yoritilgan. Bundan tashqari munozara arab adabiyotida
yuzaga kelgan bo‘lsa-da, fors-tojik adabiyotida yuksak pog‘onalarga
erishgani yoritilgan. Buning ilk namunasi sifatida qadimgi yozma yodgorlik
“Draxti Asurik” (Echki bilan Palma daraxti) o‘rtasidagi bahs va undan
keyingi davrlardagi munozaralar misol tariqasida yoritilgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotidagi munozara janri, asosan, ikki turga
boshqa adabiy janrlar tarkibiy qismi sifatida va mustaqil janr sifatida
bo‘lib o‘rganilgan. Bu esa munozara janri taraqqqiyotiga sezilarli ta’sirini
o‘tkazgan.
Adabiy aloqalar xalqlarning madaniy aloqalari kabi qadimiydir.
Ularning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-madaniy shart-sharoitlari, urf-odatlari,
adabiy aloqalari etnik tarkib jihatdan umumiy bo‘lgan. Ushbu xalqlar
adabiyotini o‘rganar ekanmiz ular orasida munozara janrida barakali
ish olib borganliklarini guvohi bo‘lamiz. Shu jumladan, Ozarbayjon, Turk
xalqlari adabiyotida munozara janri bo‘yicha qilingan ishlar alohida
ahamiyatga ega.
Munoza – adabiy janr sifatida xalq og`zaki badiiy ijodiyotida shakllanib
avloddan-avlodga o`tib, yozuv sharofati orqali yetib kelgan “Yoz bilan qish tortishuvi” asarida ko`ramiz. Asarni yaratgan mehnatkash xalq badiiy konfliktga kirishuvchi kuchlarni xalqqa yetkazgan foyda va ziyonlariga qarab baholaydi, ularni kurashtiradi. Bu asar hozirgi adbiyotshunoslik ilmida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirila boshlanishi va sinfiy jamiyatning kurtak ota boshlashi davrlari 
Badiiy ijod maxsuli sifatida baholanib kelinmoqda. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham Zardusht hamda Axura Mazda munozarasini 
Mavzu: Ruboiy va uning turlari

Reja:




  1. Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi.

  2. Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi.

3. Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar
Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi.Fariddiddin Attorning “Muxtornoma” asaridan qalbni, xulqni, go‘zallashtirishga da’vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir yarim mingga yaqin ruboiy berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‘animatligi, dunyoning o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi SHarqu G‘arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi qat’iy belgilangan. Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro, Mirzo Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‘zlarining ma’rifiy aloqiy, ilohiy qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan.
Janrlar an’ana tarzida avvaldan mavjud bo‘lishi tabiiydir. Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali, mazmun yo fikr tanlaydi.
Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi.
Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud.
“Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki, ruboiy lug‘atlarda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi ham muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy tarona” deb yuritiladi”.
«FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar.
Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‘rtala misrasi qofiyalangan shakliga “ruboiyi musarra (“kushodu ravshan” ravshanu oshkor” deb nom beradi. Ruboiyning bu turi Alisher Navoiy asarida “ruboiya” deb ataladi.BuhaqdaNavoiy “Mezonul-avzon” asaridashundayyozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” hamderlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‘oyatra boyanda”.
Ruboiyni ta’riflash XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‘tildi. Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. R. qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas:Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.
Bobur. Ikkinchi xil R. da toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida).
Mas:Andin berikim qoshimda yorim yoʻqtur, Hijronda juz nolai zorim yoʻqtur. Dasht uzra quyun kabi qarorim yoʻqtur, Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur.
Navoiy. R.dagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling