Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Mavzu: Mushoira, muvashshah, mulamma, savolu javob


Download 172.64 Kb.
bet15/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Mushoira, muvashshah, mulamma, savolu javob
Bugungi kun adabiyotimizning ma’naviy zamini sanalgan, ming yillik badiiy xazinaga ega mumtoz adabiyotimizni tushunish, his qilish, tahlil va talqin etishda uning asosini tashkil qilgan aruz vaznidan chuqur xabardor bo'lish har birfilolog uchun muhimdir. Shu ma’noda mazkur qo'llanma aruz tizimi, uning mohiyati, nazariy asoslari, rukn, bahr va vaznlar haqida ma’lumot beradi. Biz ushbu qollanmani yaratishda quyidagi holatlarga e’tibor qaratdik: - aruz haqidagi mukammal ma'lumotlar iloji boricha sodda va qisqa shaklda berildi; - o'rganishning qulayligini ta’minlash maqsadida aruz alohida mavzularga bo'lindi, mavzular doirasida uslubiy tavsiyalar, tayanch so'zlar va savol-topshiriqlar berib borildi; - foydalanuvchiga ortiqcha murakkabliklar tug'dirmaslik uchun aruzning faqatgina turkiy she’riyatda keng qo'llanilgan bahrlarigagina e’tibor qaratildi. Aruzni o'rganish mumtoz adabiyotimizda muhim sanalgan shakl va mazmun uyg'unligini his qilishda ham muhim rol o'ynaydi. Shu nuqtayi nazardan aruzni o'rganishga kirishgan adabiyot muhiblarining harakatlari samarali bo'lishini chin dildan tilab qolamiz. Mavzularni chuqur va mustahkam o‘zlashtirish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishingiz maqsadga muvofiq: 1. Dastavval aruzni o'rganish uchun alohida umumiy daftar tuting, o'zlashtirgan bilimlaringizning qisqacha mazmunini yozib, beriigan mashqlarni bajarib boring. 2. To‘liq mohiyatini tushunib olguncha har bir qoidani diqqat bilan qayta-qayta o‘qing. 3. Har bir mavzudan so‘ng savollar berildi. Qoidani tushunib olgach aruz daftaringizga ushbu savolni va uning javobini yozing. 4. Vaznlar tahlilidan so'ng o'tilgan bahrlarni mustahkamlash uchun bayt lar berildi. Siz mazkur baytlarni ham daftarga ko'chirib, taqtiyini aniqlang va qaysi vazn namoyon bo'lsa, uning nomini yozing. Mazkur tavsiyalar muallif faoliyat olib borayotgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti “0 ‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasi qoshidagi “GULSHAN” aruz to'garagining bir necha yillik tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qo'ilanmani tayyorlashda ustoz aruzshunos olimlarimiz, xususan, Anvar Hojiahmedovning aruzga oid “0 ‘zbek aruzi lug'ati”, “Aruz nazariyasi asoslari” hamda “Navoiy aruzi nafosati” kitoblaridan foydalanildi, ulardagi tajribalarga murojaat qilindi. Aruz o'ziga xos murakkab soha, uni o'zlashtirish kishidan qunt va sabrni talab qiladi. Agar tavsiyalarimizga to'la rioya qilsangiz, mumtoz adabiyotimiz xazinasining oltin kalitini qo'lga kiritishingizga umid qilamiz. Aruzni o'rganishda sizga sabr-toqat, muhabbat, ixlos, eng muhimi, omad yor bo'lishini tilaymiz.
She’r ohang jihatidan ma’lum bir qolipga solingan, ijodkorning histuyg'ulari, ichki kechinmalari ifodasi sifatida vujudga kelgan ritmik nutqdir. Nutqning bu tarzda qolipga solinishi she’riy vazn yoki she’riy tizim deb ataladi. Vazn nutqni o'lchash, guruhlash va muayyan tizimga solishga xizmat qiladi, uning musiqiyligi va ohangdorligini oshiradi. 0 ‘zbek she'riyatida asosan uchta: barmoq, aruz va erkin vaznlar qo'llanilib kelgan. Har bir millat adabiyotidagi she'riy vaznlar o‘sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu ma’noda o‘zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlariga eng ko‘p mos keluvchi she’riy tizim milliy vaznimiz hisoblangan barmoq vaznidir. Barmoq vazni misralardagi bo‘g‘inlar sonining bir xil miqdorda takrorlanishi va guruhlanishiga asoslanadi. Bu tizimda bo‘g‘inlaming sifati, ochiq yoki yopiqligi muhim emas. 0 ‘zbek she’riyatiga XX asrda kirib kelgan erkin vazn esa bo‘g‘inlar miqdorining turli-tumanligi, qofiyalanish va bandlarda erkinlikka asoslanganligi bilan ajralib turadi.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling