Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Mavzu: Soqiynoma, mug’anniynoma va mutribnoma


Download 172.64 Kb.
bet13/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Soqiynoma, mug’anniynoma va mutribnoma
Soqiynoma (soqiy va noma) — 1) Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Odatda, har bir bandi bevosita soqiyga murojaat sifatida boshlanib, keyin shoirning kechinmalari tasvirlangan. S. rasman marhumlar xotirasiga bagʻishlansada, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham oʻziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlabki S.lar Nizomiy ("Layli va Majnun" debochasida), Salmon, Hofiz qalamiga mansub. Oʻzbek adabiyoti tarixida bu janrni Alisher Navoiy asoslagan. Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" asaridagi 32 band (458 bayt)dan iborat S.si qoʻyilgan masalalarning kengligi, aniq tarixiy sharoit va voqealar bilan bevosita bogʻlanganligi jihatidan ajralib turadi. Bu asar oʻziga xos izchil uslubga ega. Unda Navoiyning shaxsiy turmushi bilan bogʻliq detallar hamda shoirning oʻz davri va zamondoshlariga bergan bahosi poetik ifodasini topgan. Navoiydan keyin fors, tojik va turkiy tillarda (Fuzuliy, Surush va boshqa tomonidan) bir necha S. yaratilgan; 2) yengil va jonli surʼatdagi mashhur doira usuli (bakabakabumbum); mazkur usulda aytiladigan ashula yoʻllari nomi. Shashmaqomning Savt va Moʻgʻulchalar shoʻbalari tarkibida boʻlib, ular nomi bilan qoʻshib ataladi. Mas, Si Savti Sarvinoz (Buzruk maqomida), S.i Savti Kalon, Si Savti Sabo (Rostda). Dastlab S. janridagi sheʼrlar bilan, keyinchalik vazn jihatdan mos keladigan boshqa gʻazallar bilan ham ijro etilgan. S. yoʻllari raqsga joʻrnavoz sifatida ham aytilgan.
Mug'anniy nag'masi jon bersa bazm ahlig'a tongyo 'qkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib changiga tor etmish.
Bu misralar orqali muallifning oshiq ahliga bo'lgan muhabbati, ularga sadoqatini ko'rish mumkin. Shu bilan birga, kamtarlik motivlari ham sezilib turadi. Chunki u (muallif) o'zini hali beri oshiq ahli qatorida sanamaydi. Oshiq ahliga xizmat qilayotgan murid sifatida biladi.
Chu majnun qilding emdi, ey mug'anniy, go 'shatobingni,
Ko 'ngul savdosi taskini uchun bo 'ynumg 'a tumor et.
Bu yerda shoir, ey mug'anniy, devona qilding endi ko'ngil taskin topishi uchun go'shatobingni (cholg'uyingning quloqlarini) bo'ynimga tumor qil. Telba bo'lganimdan butun dardlarim yangilandi. Ichimga qon to'ldi, deb o'z ahvolini tasvirlaydi.3 Navoiy mazkur misralarida (oshiq) ko'ngilning dardlaridan xalos bo'lishni mug'anniyning yoqimli kuyidan taskin topishini aytmoqda.
Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra,
Mug'anniy nag'masi birla mangajomi mug'oniy bas.
Shoir mug'anniydan bu davrada Dovudiy kuyini chalginki, bu ohang bilan mayxona ahliga ichayotgan mayi xuddi xushbo'y jannat suvidek joniga oro berishini aytmoqda. Mayni ichayotgan kishi ichimlikdan emas, balki ohangrabo kuydan mast bo'lishini bildirmoqda. Chunki har qanday maharot bilan ijro etilgan kuy insonga ruhiy tetiklik, ko'ngil taskinligini beradi.
"Badoe' ul-vasat" dagi mug'anniynomalariga to'xtalsak, ushbu misrada Navoiy mug'anniyga murojaat qilib, ey sozandalar, muallif (oshiq) yorning visoli ishqida sarmast, shirin uyquda ekanligi, uni uyg'onishi oson bo'lmay, buning uchun esa go'zal bir navo chalinishi shoirni yana ezgu amallarni qilishga undashi lozimligini ta' kidlamoqda.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling