Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Funksional tizimli muammo


Download 169.45 Kb.
bet5/6
Sana13.02.2023
Hajmi169.45 Kb.
#1193866
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot tizimlari. Murakkab tizimlar mustaqil ish

Funksional tizimli muammo – bu tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farq.
Funksional tizimli yechim – tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
Tizimning iste’molchilari – tizim ishlashi natijalaridan foydalanuvchi va tizim ishlashiga baho beruvchi shaxslar va sub’ektlar (fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va h.z.).
Tizimning funksional modeli – tizimning maqsad (ya’ni endogen) ko‘rsatkichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni ichki omilli va tashqi omilli) ko‘rsatkichlar bilan bog‘lovchi mantiqiy, matematik hamda statistik qurilmalar majmuasi.



2. 2-rasm. O‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish: tizim va uning komponentlari
Endogen ko‘rsatkichlar – qiymatlari modelni yechish natijasida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda maqsad, hamda oraliq maqsad ko‘rsatkichlari endogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi. Endogen ko‘rsatkichlar o‘z navbatida maqsadli (bog‘liqli) va sabab (bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Ekzogen ko‘rsatkichlar - qiymatlari modelning tashqarisidan beriladigan va modelni yechish natijasida aniqlanmaydigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda tashqi muhit holati ko‘rsatkichlari ekzogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi.
Tizim quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi: kirish va chiqish kanallari, jarayonlar, cheklovlar, chiqish mahsuli, mahsul sifatini nazorat qiluvchi mexanizm va teskari aloqa mexanizmi.
Funksional tizimli tahlil metodologiyasi bosqichma-bosqich quyidagi ilmiy-amaliy vazifalarni bajarish maqsadida qo‘llaniladi:

    1. o‘rganish ob’ektini aniqlash;

    2. o‘rganish predmetini (ya’ni o‘rganish ob’ektiga tegishli dolzarb xodisalar va jarayonlar), hamda o‘rganish maqsadini aniqlash;

    3. o‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish va tizimning joriy, hamda namunali holatini tavsiflovchi maqsad ko‘rsatkichlarini aniqlash;

    4. tizimning joriy, hamda namunali holatini (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlarining joriy, hamda optimal qiymatlarini) o‘rganish va ular orasidagi tafovutni tizimli muammo sifatida belgilab olish;

    5. tizimli muammoning sabablarini aniqlash (ya’ni maqsad

    6. ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi sabab ko‘rsatkichlarni aniqlash);

    7. tizimning tashqi muhitini aniqlash (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ekzogen ko‘rsatkichlarni aniqlash);

    8. tizimning cheklovlarini aniqlash;

    9. tizimning maqsadi va tizimli muammoning sabablari orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi muqobil modellarni qurish va (ularni oldingi vaqt davridagi ma’lumotlar asosida) amalda sinash;

    10. eng yaxshi modellarni tanlash va o‘sha modellar yordamida tizimli muammoning sabablarini bartaraf etish (ya’ni sabab ko‘rsatkichlarning qiymatlarini tegishli optimal qiymatlarga etkazish) maqsadida tegishli chora-tadbirlarni (tizimli yechimni) ishlab chiqish;

    11. agar chora-tadbirlar tizimli muammoni bartaraf etmasa, tizimni o‘rganishni qaytadan boshlash va yuqoridagi bosqichlardan qaytadan o‘tish (ya’ni teskari bog‘liqlik mehanizmini ishga solish).



Download 169.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling