Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Download 169.45 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi169.45 Kb.
#1193866
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot tizimlari. Murakkab tizimlar mustaqil ish

Sun’iy tizimlar – inson tomonidan yaratilgan tizimlar.
Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok.
Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar.
Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra tizimlar moddiy va abstrakt tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular faqatgina odamlarning intellektual tafakkuri, tizimli bilimi yordamida yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi.
Misol: advokaturaning tashkiliy-funksional bo‘linmalari tizimi va advokaturaning moddiytexnik vositalari tizimi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi.
Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi.
Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi mumkin.
Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi. Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-hil bo‘ladi.
Muvozanat holati tiklanishi bo‘yicha tizimlarni barqaror va barqarorsiz tizimlarga ajratsa bo‘ladi. Agar tizimda tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa va bu muvozanat keyinchalik tez orada tiklansa, bunday tizim barqaror tizim deb ataladi.
Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati yoki tizim holati bilan birga uning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarsa, bunday tizim dinamik tizim deb ataladi. Aksincha, agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati va tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday tizim statik tizim deb ataladi. Dinamik tizimlar o‘z navbatida klassik va evolyusion tizimlarga bo‘linadi. Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati o‘zgarib, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday dinamik tizim klassik tizim deb ataladi. Aksincha, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarsa, bunday dinamik tizim evolyusion tizim deb ataladi.
Masalan, jinoyatga qarshi kurashish tizimida vaqt o‘tgan sari haq to‘lash fondida moliyaviy mablag‘lar etishmasligi sababli tergovchilar maoshi kamayib ketdi. Bu esa – jinoyatlarni fosh qilish darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi, chunki tizimda qo‘nimsizlik oshib ketdi. Shu bilan birga, tizimning tashkiliy-funksional, moddiy-texnik tuzilmasi va xokazo tuzilmalari saqlanib qoldi. Demak, bu erda klassik tizim haqiga gap ketyapti.
Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi.
Evolyusion tizimga misol: Oliy Majlis oldin bir palatali edi, lekin vaqt o‘tgan sari uning tashkiliy-funksional tuzilmasi o‘zgardi – ya’ni, u ikki palatali bo‘ldi va buning natijasida qonun chiqaruvchi xokimiyati organlari tizimi takomillashdi.
Evolyusion tizimlar o‘z navbatida ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq evolyusion tizimlarmashhur olim, Nobel mukofoti laureati, Ilya Prigojin9 tomonidan “dissipativ tizimlar” deb nomlanib, ularning hususiyatlari asoslanib berilgan. Bunday tizimlar – muvozanatsiz tizimlar. Tashqi ta’sir muvozanatsiz tizimga ma’lumot yoki materiya (energiya) ni olib kiradi va buning natijasida boshida tizim o‘zining muvozanatini yo‘qotadi va unda o‘zini-o‘zi qayta tashkillashtirish jarayoni boshlanadi, ammo keyinchalik asta-sekin tizimda murakkab tuzilma yuzaga keladi va tizim muvozanat sari intilishga boshlaydi. Lekin tizim muvozanat xolatiga etishga ulgurmaydi va tashqaridan yana ma’lumot yoki materiya (energiya) kirib kelib, muvozanat buzilishiga sabab bo‘ladi: natijada yana qayta tashkillashtirish ro‘y berib, yanada murakkabroq tuzilma vujudga keladi. Demak, dissipativ tizimda ichki va tashqi ta’sirlar orqali “o‘zinio‘zi tashkillashtirish” jarayoni amalga oshadi va shu tariqa tizimda evolyusiya ro‘y beradi. Yopiq evolyusion tizimlarda faqatgina ichki ta’sirlar orqali “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish” jarayonlari amalga oshadi.
Maqsad soni bo‘yicha tizimlar bir maqsadli va ko‘p maqsadli tizimlarga bo‘linadi. Murakkab tizimlarning turlari tegishli jadvalda umumlashtirilgan.



Tasniflash alomati

Murakkab tizim turi

Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim (misollar)

Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha

ochiq

Jamiyat, davlat, universitet

yopiq

Mexanik soat mexanizmi

Gomeostazis (muvozanatga intilish) hususiyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra

Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lmagan (muvozanatga intilmaydigan) fizik, matematik va boshqa tizimlar

Muvozanatga intilmaydigan chiziqsiz dinamik tizimlar, lazer va xok.

Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lgan (muvozanatga intiluvchi) fizik, matematik va boshqa tizimlar

Quyosh tizimi, mexanik soat mexanizmi, tenglamalar tizimi

Maqsadga yo‘naltirilgan boshqaruv quyi tizimi yoki qoidasiga ko‘ra

Kibernetik (avtomatlashgan) boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan

Robot, antivirus dasturiy ta’minoti

Qaror qabul qiluvchi boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan

Universitet, ishga joylashtirish tizimi, jinoyatlar bilan kurashish tizimi

Huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi quyi tizimiga ega bo‘lgan

Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi, huquqiy me’yor

Muvozanat holatiga olib boruvchi qoidasiga ega bo‘lgan

Buxgalteriya hisobi, Quyosh tizimi, tenglamalar tizimi

Sub’ektga naf keltirishiga ko‘ra

Nafli

Bozor iqtisodiyoti, kadrlar tayyorlash tizimi, atmosfera, ekologik tizim

Nafsiz, salbiy oqibatlarni keltiruvchi

Uyushgan jinoyatlar tizimi, narkotrafik, bir partiyali siyosiy tizim, diktatura

Ishlash samaradorligiga ko‘ra

Samaradorligi yuqori

Zamonaviy texnologiyalar, yuqori huquqiy madaniyat

Samaradorligi past yoki samaradorsiz

Ahloqiy eskirgan texnologiyalar, byurokratik boshqaruv tizimi, bir palatali parlament

Tashqi muhit holatining noaniqligi va ehtimolligi darajasiga ko‘ra

Deterministik

Soat mexanizmi

Yarim-o‘yinli

Fermer qarorlari va obi-havo holatlari, firma strategiyalari va mahsulotga talab holatlari, xorijiy investitsiyalar xajmi va huquqiy tizim turlari

To‘liq-o‘yinli

Bo‘ri va quyon, tergovchi va gumonlanuvchi, advokat va prokuror, oligopolik firmalar, raqiblarning strategik qarorlari

Stoxastik

Jinoyatlarni bashorat qilish, aksiyalar bozori, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etish

O‘zini-o‘zi tashkillashtira olishiga ko‘ra

O‘zini-o‘zi tashkillashtiruvchi

Jamiyat, universitet, lazer

O‘zini-o‘zi tashkillashtirmaydigan

Mexanik soat, muvozanatli dinamik tizimlar

Ob’ektning tirikligiga ko‘ra

Tiriksiz

Soat mexanizmi, termostat

Tirik

Ijtimoiy tizimlar, xayvonlar, insonlar, gomeostat, o‘simliklar

Muvozanat holati bo‘yicha

Muvozanatsiz

Teng samarali ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi

Muvozanatli

Teng samarasiz ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi

Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra

Abstrakt

Huquqiy tizim, mehnat kodeksi, matematik tizim

Moddiy

Ishlab chiqarish zavodi, kosmik tizim

Funksional tizimli tahlil va uning bosqichlari
Funksional tizimli tahlilni qo‘llash uchun o‘rganilayotgan tizimning xozirgi (real) holati uning namunali holatidan yomonroq bo‘lishi lozim, aks holda tizimli tahlilni qo‘llashga xech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ushbu paragrafda biz funksional tizimli tahlilga oid tushunchalarni va tahlil bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Funksional tizimli tahlilda tizimning tuzilmasi o‘zgarmas deb faraz qilinadi va tizimli tahlil faqatgina tizimning joriy va namunaviy holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi.

Download 169.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling