Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha
Download 169.45 Kb.
|
axborot tizimlari. Murakkab tizimlar mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab tizimlarning hususiyatlari Murakkab tizim
- Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati
- Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati
- Maqsadga intilish hususiyati
- Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari.
- Murakkab tizimlar tuzilmalari.
- - statsionar (yoki barqaror) tizim
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati.2
Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. Murakkab tizimlarning hususiyatlari Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi: ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi)3; elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi4; ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud). Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi. Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir. Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok. Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim. Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis hususiyati5 mavjud bo‘ladi. Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika6 tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok. sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan, hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari. Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida birbiri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi. Quyi tizim ham murakkab tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi. Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi. 2. 1-rasm. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari Tizim tahlilchisi ob’ektni tizim shaklida namoyon qilayotganda tadqiqot mavzusini inobatga oladi. Masalan, tadqiqot mavzusi “Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligi” deb nomlansa, bunda Toshkent davlat yuridik universitetidagi yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi – tadqiqot ob’ekti bo‘lsa, mazkur tizimning ishlashi samaradorligi tadqiqot predmeti bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘quv va ilmiy ishlarning natijaviyligi va sifati, hamda resurslardan oqilona foydalanishga urg‘u beriladi va tegishli muhim quyi tizimlar va elementlar tizimni namoyon qilishda “universitet” degan ob’ektdan ajralib olinadi. Murakkab tizimlar tuzilmalari. Murakkab tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir, chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib bo‘lmaydi. Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari, elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgarmasa, bunday tizim - statsionar (yoki barqaror) tizim deyiladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning qaysidir elementi rivojlanib, quyi tizimga aylansa, tizimning tuzilmasi rivojlangan bo‘ladi. Download 169.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling