Mavzu: Murakkab tizimlar haqida tushuncha


Download 169.45 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi169.45 Kb.
#1193866
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot tizimlari. Murakkab tizimlar mustaqil ish

Tizimning tuzilmasi – ichki va tashqi ta’sirlar sharoitida uning yahlitligini ta’minlovchi munosabatlar majmuasidir. Bunda tizimdagi barcha elementlar orasida bog‘liqliklar mavjud deb faraz qilinadi. Hususan, agar tizimdagi qaysidir elementning holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tizimdagi boshqa bir element holatidagi o‘zgarishlarga ta’sir qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi.
Rivojlanish xarakteri bo‘yicha tuzilmalarni ekstensiv va intensiv tuzilmalarga ajratish mumkin. Ekstensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari ko‘payadi, intensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yaxshilanib boradi. Reduktiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari kamayadi, regressiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yomonlashib boradi.
Munosabatlar turi bo‘yicha tuzilmalar predmetli, funksional va tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi.
Moddiy tuzilma – tizimni ishlashini ta’minlaydigan asosiy qismlar tarkibi.7
Funksional tuzilma22 – tizimning quyi tizimlari va komponentlarining funksiyalari bo‘yicha shakllantirilgan elementlar orasidagi munosabatlar majmuasidir.
Masalan, korxonada ishlab chiqarish bo‘limi - texnik, ta’minot va sotuv bo‘limi - tijorat, moliya va rejalashtirish bo‘limi - moliyaviy hisob-kitob va tahlil, personal bo‘limi - korxonani kadrlar bilan ta’minlash, boshqaruv apparati – korxonani boshqarish funksiyasiga ega bo‘ladi.
Tizimning quyi tizimi yoki komponentining matematik modelida funksional tuzilma modelning kirish va chiqish komponentlari orasidagi munosabatni, ya’ni modelning funksiyasini ko‘rsatadi. Tizimning kirish komponenti retseptor, chiqish komponenti esa effektor deb ataladi.
Tashkiliy tuzilma – tizimning “boshliq-bo‘ysinuvchi”, “rahbarijrochi” kabi komponentlari orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Bunday tuzilmalar boshqaruv tizimlarida uchraydi. Tashkiliy tuzilmalar o‘z navbatida to‘rt hil bo‘ladi: tashkiliy-funksional, tashkiliy-matritsali, tashkiliy-dasturiy (loyihaviy), tashkiliy-chiziqli.8
Dasturiy ta’minotlarni yaratishdan oldin dasturning algoritmlashtirilgan tuzilmasi, ya’ni muayan masalani kompyuter yoyordamida yechish maqsadida ketma-ket xarakatlarning sxemasi yaratiladi.24
Murakkab tizimlar turlari
Kelib chiqishiga ko‘ra tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi.

Download 169.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling