Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
10 Mavzu

YILLARNING NOMLANISHI – mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning ma’lum yo‘nalishida davlat dasturlari qabul qilish orqali yil davomida 
islohotlarni samarali amalga oshirishni ko‘zlovchi maqsadli davlat chora-tadbirlar 
tizimi. Ushbu an’ana 1997-yildan boshlangan bo‘lib, yilning nomlaninishi odatda 


29 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbirda 
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan e’lon qilinib kelinmoqda. 
Yurtimizda 1997-yil – “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil – “Oila yili”, 
1999-yil – “Ayollar yili”, 2000-yil – “Sogʻlom avlod yili”, 2001-yil – “Onalar 
va bolalar yili”, 2002-yil – “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003-yil – “Obod 
mahalla yili”, 2004-yil – “Mehr va muruvvat yili”, 2005-yil – “Sihat-salomatlik 
yili”, 2006-yil – “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007-yil – “Ijtimoiy himoya 
yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2009- yil – “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi 
yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod yili”, 2011-yil – “Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik yili”, 2012-yil – “Mustahkam oila yili”, 2013-yil – “Obod turmush 
yili”, 2014-yil – “Sogʻlom bola yili”, 2015-yil – “Keksalarni e’zozlash yili”, 
2016-yil – “Sogʻlom ona va bola yili”, 2017-yil – “Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili”, 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”, 2019-yil – “Faol investitsiyalar va 
ijtimoiy rivojlanish yili”, 2020-yil – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili”, 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi 
salomatligini mustahkamlash yili”, 2022-yil – “Inson qadrini ulug’lash va faol 
mahalla yili” deb e’lon qilingan. 
OʻTISH DAVRI – muayyan makon va zamonda jamiyat hayotining 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy negizlarining tubdan о‘zgarishi va 
yangilanishini о‘z ichiga olgan hamda mamlakatni yangi negizlarda mustaqil 
demokratik taraqqiyot yо‘lida rivojlanishi uchun talab etiladigan orqaliq vaqt, 
davr. Mustaqil О‘zbekiston tarixida ushbu bosqich 1991-2000-yillarni о‘z 
ichiga oladi. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling