Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu



MAVZU: 
MUSTAQILLIK YILLARIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY 
O‘ZGARISHLAR
 
 
Reja: 
1. Bozor munosabatlariga о‘tishning milliy modeli: evolyutsiyasi
xususiyatlari va ustuvor yо‘nalishlari. 
2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi va 
sanoatning rivojlanishi. 
3. Qishloq xо‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о‘tishning asosiy 
yо‘nalishlari va bosqichlari. 
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda 
rivojlanishi. 
5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. 
 
Tayanch tushunchalar: Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”, Bozor iqtisodiyoti
Oʻtish davri, Xususiylashtirish, Biznes, Renta, Kichik biznes, Xususiy tadbirkorlik
Makroiqtisodiyot, 
Menejment, 
Infratuzilma, 
Investitsiya, 
Yoqilgʻi-energetika 
mustaqilligi, Oziq-ovqat mustaqilligi, Sanatsiya. Stagnatsiya, Diversifakatsiya, Agrar 
islohotlar, Konvertizatsiya, Klasterlar. 
 
1. Bozor munosabatlariga о‘tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, 
xususiyatlari va ustuvor yо‘nalishlari. 
O‘zbekiston deyarli 70 yil mobaynida Sovet tuzumiga nafaqat siyosiy balki 
iqtisodiy qaram xolatda yashadi. Yillar davomida O‘zbekistonning chinakam 
manfaatlari, o‘ziga xos sharoiti va imkoniyatlari hisobga olinmasdan iqtisodiy siyosat 
yurgizildi. Natijada xalq xo‘jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo 
yetishtirishga ixtisoslashgan iqtisodiy tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom 
ashyo turlarini, yoqilg‘i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy 
muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini ham chetdan keltirishga 
majbur bо‘ldi. Mustamlakachilik siyosati oqibatida O‘zbekiston iqtisodi zaif bo‘lgani 
holda, o‘z yeridagi boyliklarni o‘zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. Oltin, 
qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida 
o‘ta xaridorgir bo‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan 
keladigan foyda O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. 
1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshida respublikamiz iqtisodiyoti juda og‘ir 
ahvolga bо‘lib, naq ocharchilik ostonasida turardik. O‘zbekistonni bunday iqtisodiy 
tanglikdan taraqqiyot yo‘liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, 
eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o‘tish taqozo etilardi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi 
mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirila 
boshlandi. Yangi iqtisodiy tizimga о‘tish modelining asosiy tamoyillari, uni amalga 
oshirish yo‘llari, bosqichlari O‘zbekistonning Birinchi 


Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur 
besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat bо‘ldi: 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling