Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
Qishloq xо‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о‘tishning asosiy
Download 399.83 Kb. Pdf ko'rish
|
10 Mavzu
3. Qishloq xо‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о‘tishning asosiy
yо‘nalishlari va bosqichlari. Sobiq ittifoq davrida о‘rnatilgan paxta yakkahokimligi tizimining jiddiy salbiy oqibatlaridan biri shundan iborat bо‘ldiki, 1990-yillarning boshida O‘zbekiston aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta’minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tub islohotlar o‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xo‘jaligi sohasiga ham xos bo‘lib, natijada sohada yangi istiqbolli xo‘jalik yuritish shakllari yo’lga qo’yila boshlandi. Albatta, respublika qishloq xo‘jaligining holati islohotlarni bevosita mavjud shart- sharoitlar hisobga olingan holda bosqichma-bosqich va keng qamrovli amalga oshirilishini taqozo etar edi. Eng muhim vazifa mamlakatimizning g‘alla mustaqilligini ta’minlashga qaratildi. Paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga eng zarur oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirish uchun yerlar ajratila boshlandi. Natijada 1991-1996-yillar davomida respublikamizga don maxsulotini import qilish 4 mln. tonnadan 5,4 baravar qisqartirishga erishildi va milliy ishlab chiqarish hisobiga ichki ehtiyojni to‘liq ta’minlashga erishildi. 2000-yilga kelib O‘zbekiston importida oziq- ovqat maxsulotlari ulushi 1991-yildagi 73,8 % dan 15 % gacha kamaydi. 2008-yilda mamlakatimizda don yetishtirish 1991-yilgi 1,9 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga, bug‘doy yetishtirish mos ravishda 600 ming tonnadan 5 mln. tonnaga yetkazildi. Bu esa amalda yurtimizda g‘alla va oziq-ovqat mustaqilligining ta’minlanishi deganidir. 1990-yillarning birinchi yarmida davlat tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini xususiylashtirish, asosan tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta ferma xususiylashtirildi. Agrar sohada olib borilgan islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1996-yilda Download 399.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling