Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish; 
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga о‘tish davrida bosh 
islohotchi bо‘lishi zarur; 
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni 
qonunlarga asoslanmog‘i zarur; 
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qо‘llab-quvvatlash borasida 
mas’ul bо‘lishidir; 
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, 
bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. 
Taraqqiyotning milliy modeli tanlanishida mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy 
sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e’tiqodidan 
kelib chiqildi. Bunda ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o‘rganildi va 
inobatga olindi. 
Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o‘zgarishlar yuz berdi, amalda ko‘p 
ukladli iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o‘rin egalladi. 
Taraqqiyotning dastlabki o‘n yilliklarida yalpi ichki maxsulot tarkibida nodavlat 
sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi. 
2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi va 
sanoatning rivojlanishi. 
Istiqlolning dastlabki yillaridagi iqtisodiy islohotlarimizning eng muhim natijasi 
shu bо‘ldiki, 1995-yilda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi. 1996-
yildan boshlab ilk bor sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonda 
izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari qayd etildi. Agar 1996-2003-yillarda o‘rtacha iqtisodiy 
o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yildan boshlab bu jarayon yangi 
bosqichga ko‘tarilib, yiliga o‘rtacha 7,5-9 foizni tashkil etdi. 
1991-2002-yillarda respublikamizda 1872 ta yangi sanoat korxonasi qurildi va 9,5 
mingdan ortiq yangi maxsulot turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Istiqlolning 
dastlabki 
o’n 
yilligida 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling