Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. 
1998-yilda “Dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
Prezident Qarori asosida Jamoa xo‘jaliklari Qishloq xo‘jalik shirkatlariga aylantirila 


boshlandi. 2004-yilda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 2007-yilga kelib shirkat xo‘jaliklarini tugatish 
ishlari nihoyasiga yetkazildi. Ularning negizida Fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 
2008-2009-yildan fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini 
yanada maqbullashtirish ishlari boshlandi. Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va 
Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 
qo‘shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xo‘jaligi traktorlari va 
mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari hamda fermer xo‘jaliklariga 
yetkazib berildi. 
2016-2017-yildan boshlab mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga tamomila 
yangicha yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar ro‘y- 
rost aytilib, uni bartaraf qilish choralari ko‘rila boshlandi. 
2017-yil holatiga ko‘ra mamlakatimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda 
yashasada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi 
ulushi 17 foizdan oshmagan. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 50 
foizdan ortiqni tashkil etadi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 
foizga ham yetmagan. O‘zbekiston 2017-yilda 1,5-2 mlrd. dollar miqdorda meva- 
sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Lekin O‘zbekistonda ushbu sohada yiliga 10- 
15 mlrd. dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud. 
2018-yilgi ma’lumotlarga kо‘ra, 1 mln. ga ekin yerlariga ega Niderlandiya bir 
yilda 100 mlrd. dollarlik qishloq xо‘jaligi maxsulotlarini eksport qilgan bо‘lsa, 
О‘zbekistonda 4 mln. ga ekin yerlari bо‘lib, 1 mlrd. dollarlik qishloq xо‘jaligi 
maxsulotlarini eksport qilingan xolos. 
Shuning uchun 2017-2020-yillar davomida mavjud muammolarning amaliy 
yechimiga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi. 
“Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora- 
tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-2841, 16.03.2017), “Respublika ipakchilik tarmog‘i 
korxonalarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” (F-4881, 
24.03.2017), “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida” (PQ-2939, 01.05.2017), “Moliya vazirligi huzurida Qishloq 
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish 
to‘g‘risida” (PF-5095, 27.06.2017), “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va 
“Na’munali tomorqachi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(PQ-3803, 26.06.2018), “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ- 
4709, 11.05.2020)gi Prezident Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari qishloq 
xo‘jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qildi. 2017-
yildan boshlab hukumat qarori bilan dekabrning ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling