Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

qishloq xо‘jaligi xodimlari kuni qilib belgilandi. 
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va dehqonlarning 
manfaatdorligini oshirish maqsadida 2018-yildan sohaga ilg‘or texnologiyalar va 
klaster tizimi joriy etila boshlandi. 2020-yilga kelib mamlakatimizda paxta- 
to‘qimachilik sohasida 97 ta, meva-sabzavotchilik sohasida 149 ta, g‘allachilikda 65 


ta, sholichilikda 35 ta va 7 ta dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 
agrosanoat klasterlari faoliyat ko‘rsata boshladi. 
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan maqsad iqtisodiy foyda ko‘rish bilan birga, 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Ana shu 
maqsadda 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 
2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi (PF-5853). “2019-2024- 
yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturi” qabul qilindi. 
Qishloq xо‘jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri chorvachilikdir. Ammo 
ushbu sohada ham о‘z yechimini kutayotgan muammolar yо‘q emas. Olimlarning 
hisoblashlariga qaraganda inson iste’mol qiladigan 1 kunlik oziq-ovqat ratsionining 46-
50 % foizini chorvachilik (fauna) maxsulotlari (hayvon, parranda-darranda, baliq 
gо‘shti) tashkil etishi lozim. Bir kishi yiliga 78 kg. chorva maxsulotlari yeyishi kerak. 
Mamlakatimizda bu kо‘rsatkich 43 kg.ni tashkil etmoqda. Demak, bu degani qishloq 
xо‘jaligi sohasiga ajratilayotgan e’tibor va mablag‘larning ham yarmi aynan 
chorvachilik yо‘nalishiga qaratilishi lozim. 
1991-2021-yillar davomida respublikamiz aholisi soni 1,5 barobar oshdi, chorva 
soni 3 barobar oshdi. Sо‘nggi yillarda hukumatimiz sa’i harakatlari tufayli 
respublikamizda zotdor qoramolllar soni 12 mln.taga yetkazildi. Ammo bu ham yetarli 
bо‘lmayapti. Niderlandiya, Isroil, Belgiyada aholining 4 foizi chorvachilik bilan 
shug‘ullanib, aholi extiyojini qondiradi va xatto eksport qiladi. 
Bizda chorvachilik uchun eng muhim bо‘lgan omil – quyosh bor. Quyosh 250 kun 
chiqadi. Vegitatsiya davri 200 kundan ortiq. Ozuqabop ekinlardan yiliga ikki marta 
xosil olish imkoniyati bor. О‘zbekistonda paxta, g‘alla ekinlari seleksiyasi yaxshi 
yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsada, ammo chorvachilik sohasida naslchilik ilmiy- tadqiqot 
ishlari tо‘xtab qolgan. Bugungi kunda О‘zbekistonda 4,4 mln. gektar sug‘orma ekin 
yerlari bor. Ammo, shuning 333 ming gektarigina chorvachilikka ajratilgan. 
Chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun kompleks-ilmiy-zanjirli yondashuv talab 
etiladi. Ya’ni dehqonchilikni rivojlantirmay turib, chorvachilikni rivojlantirib 
bо‘lmaydi. Chunki chorvaning ratsionida unga beriladigan yem- xashakning turi va 
navi nihoyatda muhim. Ikkita sohaga ham ilm-fan yordam berishi kerak. 
Industrial-agrar mamlakatlarda qishloq xо‘jaligiga ixtisoslashgan oliy о‘quv 
yurtlari, ilmiy taqiqot institutlari fermerlarga nima qilish kerakligini daladagi 
o’simlikka qachon nima berishni grafik bо‘yicha aytib turadi. Fermerlar faqat ijrochi. 
Kо‘rilgan daromaddan esa shartnomada kо‘rsatilgan summani ilmiy muassasaga 
о‘tkazadi. Ya’ni chorvachilikka ilmiy yondoshiladi. Bizda ham ana shu tizimga о‘tish 
vaqti keldi. 
2017-2020-yillarda chorvachilikni rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash yuzasidan 
prezidentning 5 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 7 ta qarori qabul qilindi. 
Bularning barchasi chorvachilik fermer xо‘jaliklarini rivojlantirish, ularda mahsulot 
ishlab chiqarishni kо‘paytirish choralarini qamrab olgan. 
Natijada 2021-yilda aholini gо‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 
7 trln. 200 mlrd. sо‘mlik 1828 ta loyiha amalga oshirildi. Bugungi kunda qoramollar 
soni 300 boshdan 500 boshgacha bо‘lgan fermer xо‘jaliklari 460 tadan 


oshdi. 2019-yilda bu raqam 140 tani tashkil etgan. 500 boshdan 1000 boshgacha 
bо‘lgan chorvachilik komplekslarimiz soni 2019-yildagi 50 tadan bu 2020-yil 300 taga 
yetdi. 1000 boshdan 5000 boshgacha bо‘lgan komplekslarimiz soni 2020-yilda 136 tani 
tashkil qiladi. 2019-yilda esa bunday komplekslar umuman bо‘lmagan. 
Qishloq xо‘jaligi xodimlarining fidokorona mehnatlari tufayli 2020-yilda 
О‘zbekistonda 6,5 million tonnaga yaqin g‘alla, 3 million tonnadan ziyod paxta, 21 
ming tonna pilla, 22 million tonna meva-sabzavot, 2,5 million tonna gо‘sht, 11 million 
tonnadan ziyod sut mahsulotlari yetishtirildi. 
2020-yil О‘zbekistonda 97 ta paxta-tо‘qimachilik, 149 ta meva-sabzavotchilik, 65 
ta g‘allachilik, 35 ta sholichilik, 7 ta dorivor о‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan 
klasterlar, 11 ta paxta-tо‘qimachilik kooperatsiyalari faoliyati yuritdi. Qoramolchilik 
yо‘nalishida 34 ta, parrandachilik bо‘yicha 10 ta, baliqchilik tarmog‘ida 36 ta, 
asalarichilik yо‘nalishida 15 ta fermer xо‘jaligida klaster usulida mahsulot yetishtirish 
yо‘lga qо‘yildi. 
Respublikamizning umumjahon xo‘jalik tizimiga bosqichma-bosqich va samarali 
integratsiyalashuvi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning 
strategiyasi va taktikasini oqilona belgilashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shuningdek, agrar 
sohaning barqarorligi, samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy etilishi 
mamlakat kelajagi va uning iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omil hisoblanadi. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling