Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

“Zarafshon-Nyumont” 
(1995), 
“UzDEUavto” (1996), “Qobul-To‘ytepa tekstil” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma 
korxonasi (1996), Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi (1997), Qoravulbozor neftni 
qayta ishlash zavodi (1997), “SamKochavto” (1999), “Xorazmshakar” O‘zbekiston-
Turkiya qo‘shma korxonasi (1998), Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi (2001), “JV MAN 
avto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi (2009), “General Motors Powertrian 
Uzbekistan” qo‘shma korxonasi (2011), Dehqonobod kaliyli o‘gitlar zavodi
Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab 
zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. 
1995-2011-yillarda O’zbekiston sanoatining yalpi ichki maxsulot tarkibidagi 
ulushi 17,1 foizdan 24 foizga o‘sdi. 1991-2014-yillar davomida xorijiy investitsiya 
ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 30 tadan 4,7 mingtaga (156 baravardan 
ziyod) kо‘paydi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 6,6 mlrd. AQSH dollaridan 28,9 
mlrd. AQSH dollariga (4,4 baravar) o‘sdi. 


2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustivor yo‘nalishi 
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb 
belgilanib, 2017-2021-yillarda quyidagi yo‘nalishlarda faol islohotlar amalga oshirildi: 
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini saqlab qolish; 
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirish; 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish 
va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom 
ettirish; 
Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish. 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora tadbarlar amalga oshirilib, 2017-yil 5- 
sentabrda milliy valyuta – so‘mning erkin konvertizatsiyasiga ruxsat berildi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rejadan tashqari tekshirish bekor qilinib, 
ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi soddalashtirildi. Prezident huzurida 
tadbirkorilk subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil instituti (Ombudsman) ta’sis etildi. 
2017-yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasining 
faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil 
etildi. Mazkur yilda 2,5 trln. so‘m investitsiya o‘zlashtirildi, 510 mlrd. so‘mlik 1021 ta 
investitsiya loyihalari amalga oshirildi. 
2017-yil 14-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik 
va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 
(PF-5285) qabul qilindi. Unda keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj 
mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. 2019-yilda klaster usulida 
paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta- to‘qimachilik 
klasterini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 
2017-yilning о‘zida mamlakatimizda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. 
12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shular hisobidan 
336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. 
2017-2018-yillar 
davomida 
Sirdaryo 
viloyatining 
Yangiyer 
shahrida 
(30.03.2017), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent viloyatida (10.08.2017), 
Surxondaryo viloyatida (29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Navoiy 
viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018), Buxoro viloyatida 


(11.10.2018) kichik sanoat zonalari tashkil etildi. “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, 
“Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” (03.05.2017), 
“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon”, “Hazorasp” (12.01.2017), “Sirdaryo” (12.04.2018), 
“Buxoro-agro” (11.07.2018), “Namangan” (21.08.2018) va “Chiroqchi” (13.09.2019) 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling